15–BOB
Uzum toki haqida matal
1 Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2 “Ey inson, tok novdasining yogʻochdan farqi bormi?! Oʻrmon daraxtlaridan uning biron afzalligi bormi?! 3 Undan biron–bir narsa yasab boʻladimi? Hech boʻlmasa, buyum osish uchun qoziq qilsa boʻladimi? 4 Yoʻq, u faqat oʻtin uchun yaraydi, xolos. Novdaning ikki chekkasi kuyib, oʻrtasi yonib boʻlgandan keyin, uni biron narsaga ishlatib boʻlarmidi, axir?! 5 Kuymagan tok novdasi yaroqsiz boʻlgandan keyin, kuyib boʻlgani hech qanday foyda keltirmasligi aniq!
6 Shuning uchun Men, Egangiz Rabbiy, shuni aytib qoʻyay: Quddus aholisi oʻrmon daraxtlari orasidagi uzum tokiga oʻxshaydi. Ular yaroqsiz boʻlganlari uchun, Men ularni olovda kuydirib yuboraman. 7 Men Oʻzim ularga qarshi chiqaman. Ular olovdan qochib qutulsalar ham, baribir, olovdan nobud boʻladilar. Men ularga qarshi chiqqanimdan keyin, Egangiz Men ekanligimni sizlar bilib olasizlar. 8 Xalqim Menga xiyonat qilgani uchun, Men butun yurtni sahroga aylantiraman.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
© © Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020