66–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar joʻrligida aytiladigan sano. Qoʻshiq.
2 Ey Xudo, mehribon boʻlgin, baraka bergin bizga,
Yuzing nurini sochgin lutf ila ustimizga,
3 Zaminda maʼlum boʻladi Sening yoʻllaring,
Jamiki xalqlar orasida maʼlum boʻladi Sening najoting.

4 Ey Xudo, xalqlar Seni madh qilsin,
Jamiki xalqlar Senga hamdu sano aytsin.
5 Xalqlarni Sen odillik ila hukm qilasan,
Zamin uzra elatlarga yoʻlboshchilik qilasan,
Sevinsin xalqlar, shodlanib qoʻshiq aytsin.
6 Ey Xudo, xalqlar Seni madh qilsin,
Jamiki xalqlar Senga hamdu sano aytsin.

7 Yer oʻz hosilini bersin,
Xudoyimizning Oʻzi bizga baraka bersin.
8 Ha, Xudo bizga baraka bersin!
Yerning toʻrt tomonidagi xalqlar Unga tiz choʻksin.