60–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar joʻrligida aytiladigan Dovud sanosi.
2 Eshitgin, ey Xudo, ohu nolamni,
Tinglagin mening ibodatimni.
3 Yerning u chetidan Senga yolvoraman,
Yuragim qon boʻlganda, Seni chaqiraman.
Yetib boʻlmas baland qoyaga meni olib chiqqin.
4 Sen mening panohim boʻlgandirsan,
Dushmanimga qarshi mustahkam minorasan.
5 Chodiringda to abad maskan qilay,
Qanotlaring soyasida panoh topay.
6 Axir, ey Xudo, ontimni eshitgansan,
Nomingdan qoʻrqqanlarning mulkidan menga ato qilgansan.
7 Shohning umrini uzaytirgin,
Nasllar osha hayotini davom ettirgin.
8 Ey Xudo, u to abad huzuringda taxtda oʻtirsin,
Sevging, sadoqating ila uni himoya qilgin.
9 Shunda Senga har doim hamdu sano kuylayman,
Bergan ontimni har kuni ado etaman.
© © Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020