3–SANO
1 Oʻgʻli Absalomdan qochib ketgandan keyin Dovudning aytgan sanosi.
2 Ey Egam! Gʻanimlarim naqadar koʻpdir!
Menga qarshi qoʻzgʻalganlar qanchalar koʻpdir!
3 Koʻplar men haqimda:
“Xudodan unga najot yoʻq”, deb aytadilar.
4 Ey Egam, Mening qalqonimsan!
Shuhratim Sensan!
Sen boshimni yuksaltirasan.

5 Egamizdan madad soʻrab qilaman faryod,
Muqaddas tepaligidan U menga beradi javob.
6 Egamiz meni himoya etgani uchun
Yotib uxlab, yana uygʻonaman.
7 Har tomondan meni qurshab turgan
Oʻn minglarcha gʻanimlarimdan qoʻrqmasman.

8 Qoʻzgʻalgin, ey Egam!
Najot ber, ey Xudoyim!
Hamma gʻanimlarimning yuzlariga urasan,
Qabihlarning tishlarini sindirasan.
9 Ey Egam! Najot Sendan keladi!
Barakalaring xalqingga kelsin!