2–SANO
1 Nega quturadi xalqlar?!
Nega behuda fitna qilar elatlar?!
2 Zamin shohlari Egamizga
Va U tanlagan shohga qarshi saf tortadilar.
Hukmdorlar fitna qoʻzgʻab, shunday deydilar:
3 “Sindiraylik ular solgan kishanlarni,
Olib tashlaylik boʻynimizdan sirtmoqlarni.”

4 Samoda hukmron boʻlgan Rabbiy esa
Ularni masxaralab, ustidan kuladi.
5 Rabbiy gʻazab bilan ularni ogoh etadi,
Qahrini sochib, vahimaga solib aytadi:
6 “Men Sionga , Oʻzimning muqaddas tepaligimga
Oʻz shohimni joylashtirdim.”

7 Egamizning soʻzlarini shoh eʼlon qilmoqda:
“Egamiz menga shunday dedi:
«Sen Mening oʻgʻlimsan,
Bugun Men senga ota boʻldim .
8 Tila, xalqlarni senga mulk qilib beraman,
Yerning toʻrt tomoni seniki boʻladi.
9 Temir xivchin ila ularni urib ezasan ,
Sopol koʻzani sindirganday ularni parchalaysan.»”

10 Ey shohlar! Endi aql bilan ish qiling.
Ey zamin hukmdorlari! Ogoh boʻling.
11 Qoʻrquv ila Egamizga sajda qiling!
Vahima ila tavba qiling!
12 Uning oʻgʻliga taʼzim qiling,
Boʻlmasa U gʻazablanadi,
Yoʻlingizda yoʻq boʻlib ketasiz,
Uning gʻazabi tez alanga oladi.

Naqadar baxtlidir Unda panoh topganlar!