133–SANO
Ziyorat qoʻshigʻi.
1 Ey sizlar — Egamizning qullari,
Egamizning uyida kechasi xizmat qiladiganlar,
Egamizni olqishlang!
2 Muqaddas maskan tomon
Qoʻllaringizni koʻtarib,
Egamizni olqishlang!
3 Yeru osmonni yaratgan Egamiz
Quddusdan turib, sizga baraka bersin.
© © Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020