132–SANO
Dovudning ziyorat qoʻshigʻi.
1 Naqadar yaxshidir,
Yoqimlidir birodarlar birga ahil yashasalar.
2 Ahillik Horunning boshiga surtilgan,
Soqoligacha oqib tushgan qimmatbaho moydaydir ,
Kiyimlari yoqasidan oqib tushgan moy kabidir.
3 Sion togʻlariga keladigan baraka
Xermon togʻidagi moʻl shabnamga oʻxshaydi.
Siondan Egamiz Oʻz barakasini va abadiy hayotni beradi.