129–SANO
Ziyorat qoʻshigʻi.
1 Ey Egam, tubsiz suvlardan Senga nola qilaman.
2 Ey Rabbiy, mening ovozimni eshitgin!
Iltijolarimga diqqat ila quloq solgin!

3 Ey Egam, gunohlarni hisobga olsang agar,
Ey Rabbiy, kim ham bardosh bera olar?!
4 Ammo Sen kechirimlisan,
Shu bois Sendan qoʻrqamiz.

5 Egamga umid bogʻlayman,
Ha, jonim Unga talpinadi.
Uning kalomiga umid bogʻlayman.
6 Tongni kutgan posbondan ham koʻproq,
Ha, tongni kutgan posbondan ham koʻproq
Mening jonim Rabbiyga talpinadi.

7 Ey Isroil! Umid qilgin Egamizdan!
Egamiz sodiq sevgisini koʻrsatadi.
Qutqarishga U doim tayyor!
8 Isroilni barcha gunohlaridan qutqaradigan
Uning Oʻzidir.