119–SANO
Ziyorat qoʻshigʻi .
1-2 Qaygʻu–alamdan Egamga faryod qildim:
“Ey Egam, yolgʻonchi lablardan,
Makkor tildan jonimni asragin!”
U faryodimga javob berdi.

3 Ey makkor til, Egamiz boshingga ne kunni solar ekan?
Senga qanday jazo berar ekan?
4 U jangchining oʻtkir oʻqlari bilan seni jazolaydi,
Yonayotgan yulgʻun butasining choʻgʻlari bilan senga jazo beradi.

5 Holimga voy, Meshexda musofirman,
Kedar chodirlari orasida yashayman.
6 Tinchlikdan nafrat etuvchi xalq orasida
Yashashdan charchadim.
7 Men tinchlik tarafdoriman,
Ammo gapiray deb, ogʻiz ochsam,
Ular urushni istaydilar.