7–BOB
1 Devor qurilib, men darvozalarning qanotlarini oʻrnattirib boʻlganimdan keyin, Maʼbad darvozabonlari , qoʻshiqchilar va levilar tayinlandi. 2 Men ukam Xoninni va qalʼa qoʻmondoni Xanoniyoni Quddus ustidan hokimlar qilib tayinladim. Xanoniyo sodiq odam boʻlib, boshqalarga qaraganda Xudodan qoʻrqardi. 3 Men ularga shunday deb aytdim: “Kun issiq paytida Quddus darvozalarini ochiq qoldirmanglar . Oʻsha paytda navbatchilikda turgan soqchilar darvozalarni berkitib, qulflab qoʻysinlar. Quddus aholisi orasidan ham qoʻriqchilarni tayinlanglar. Ularning baʼzilari maxsus joylarni, boshqalari esa oʻzlarining uylari atrofini qoʻriqlashsin.”
Surgundan qaytib kelganlarning roʻyxati
4 Quddus keng, katta shahar edi. Lekin shaharda koʻp odam yashamas, hali uylar koʻp qurilmagan edi. 5 Shunda yoʻlboshchilarni, amaldorlarni va xalqni toʻplab, urugʻlari boʻyicha roʻyxat tuzishni Xudoyim koʻnglimga soldi. Men Yahudoga surgundan birinchi boʻlib qaytib kelganlarning nasabnomasi roʻyxatini topdim. Nasabnoma kitobida quyidagilar yozilgan edi:

6-7 “Bobil shohi Navuxadnazar asir qilib olib ketgan yahudiylarning bir qismi Quddusga va Yahudo yurtidagi oʻz shaharlariga qaytib kelib, oʻrnashdilar. Ular Zarubabel, Yoshua, Naximiyo, Ozariyo , Ramiyo, Naxamonax, Mardoxay, Bilshon, Mispar, Bigʻvay, Nixum va Banax boshchiligida qaytib kelgan edilar.
Isroil urugʻlari ota–bobolari boʻyicha roʻyxat qilinadi
Surgundan qaytib kelgan Isroil erkaklarining soni quyidagicha edi:

8 Paroʻsh urugʻidan — 2172 nafar erkak.
9 Shafatiyo urugʻidan — 372 nafar erkak.
10 Orax urugʻidan — 652 nafar erkak.
11 Paxatmoʻab, yaʼni Yeshuva hamda Yoʻab urugʻlaridan — 2818 nafar erkak.
12 Elam urugʻidan — 1254 nafar erkak.
13 Zattu urugʻidan — 845 nafar erkak.
14 Zakkay urugʻidan — 760 nafar erkak.
15 Binnuy urugʻidan — 648 nafar erkak.
16 Boʻvay urugʻidan — 628 nafar erkak.
17 Ozgad urugʻidan — 2322 nafar erkak.
18 Odonixam urugʻidan — 667 nafar erkak.
19 Bigʻvay urugʻidan — 2067 nafar erkak.
20 Adin urugʻidan — 655 nafar erkak.
21 Oter, yaʼni Yoxizqiyo urugʻidan — 98 nafar erkak.
22 Xashum urugʻidan — 328 nafar erkak.
23 Bezay urugʻidan — 324 nafar erkak.
24 Xorif urugʻidan — 112 nafar erkak.
25 Givon urugʻidan — 95 nafar erkak.
Isroil urugʻlari ota–bobolarining shaharlari boʻyicha roʻyxat qilinadi
26 Tagi Baytlahmlik va Natufolik — 188 nafar erkak.
27 Tagi Onotoʻtlik — 128 nafar erkak.
28 Tagi Bayt–Ozmobitlik — 42 nafar erkak.
29 Tagi Xirat–Yoʻrimlik, Xafiralik va Baroʻtlik — 743 nafar erkak.
30 Tagi Ramalik va Gebolik — 621 nafar erkak.
31 Tagi Mixmashlik — 122 nafar erkak.
32 Tagi Baytillik va Aylik — 223 nafar erkak.
33 Tagi Navolik — 52 nafar erkak.
34 Tagi Elamlik — 1254 nafar erkak.
35 Tagi Xarimlik — 320 nafar erkak.
36 Tagi Yerixolik — 345 nafar erkak.
37 Tagi Loʻdlik, Hodidlik va Onoʻlik — 721 nafar erkak.
38 Tagi Sanolik — 3930 nafar erkak.
Ruhoniylar urugʻlari
39 Surgundan qaytib kelgan ruhoniylarning soni quyidagicha edi:

Yoshua naslidan, aniqrogʻi Yodiyo urugʻidan — 973 nafar erkak.
40 Immar urugʻidan — 1052 nafar erkak.
41 Pashxur urugʻidan — 1247 nafar erkak.
42 Xarim urugʻidan — 1017 nafar erkak.
Levilar urugʻlari
43 Surgundan qaytib kelgan levilar urugʻlarining soni quyidagicha edi:

Xoʻdavo naslidan boʻlgan Yeshuva, aniqrogʻi Kadmil urugʻlaridan — 74 nafar erkak.
44 Osif urugʻidan boʻlgan qoʻshiqchilar — 148 nafar erkak.
45 Shallum, Oter, Talmoʻn, Oqquv, Xatita va Shoʻvay urugʻlaridan boʻlgan Maʼbad darvozabonlari — 138 nafar erkak.
Maʼbad xizmatkorlari urugʻlari
46 Surgundan qaytib kelgan Maʼbad xizmatkorlarining urugʻlari quyidagilar edi:

Zixo, Xasufa, Tabbayoʻt,
47 Kerosh, Siyo, Padoʻn,
48 Lavon, Xagava, Shalmay,
49 Xanon, Giddol, Gaxar,
50 Rayo, Ratan, Nakudo,
51 Gʻazzom, Uzzo, Posiyox,
52 Besay, Munim, Nafusim,
53 Bobuh, Xakufa, Xorxur,
54 Bazulat, Maxido, Xarsha,
55 Borkis, Sisaro, Tamax,
56 Naziyo, Xatifa.
Sulaymonning qarollari urugʻlari
57 Sulaymon qarollarining surgundan qaytib kelgan urugʻlari quyidagilar edi:

Soʻtay, Soʻfarat, Paridax,
58 Yalox, Darxun, Giddol,
59 Shafatiyo, Xattil, Paxarathazzavoyim, Omon.

60 Maʼbad xizmatkorlari va Sulaymonning qarollari urugʻlaridan boʻlganlarning jami 392 kishi edi.
Nasl–nasabi nomaʼlum urugʻlar
61-62 Quyidagilar Tel–Malax, Tel–Xarsha, Xarub, Adoʻn va Immar shaharlaridan kelgan edilar:

Daloyo, Toʻviyo va Nakudo urugʻlari — 642 kishi.

Lekin bular oʻzlarining urugʻboshisi Isroil nasliga mansubligini isbotlay olmasdilar.
63-64 Quyidagi ruhoniylar urugʻlari ham oʻz nasabnomasini topa olmadilar: Xavayo, Xakkoʻz va Borzulay urugʻlari. (Borzulayning bobosi Giladlik Borzulay degan odamning qiziga uylangan boʻlib, bu urugʻ oʻsha ayolning urugʻi nomi bilan yuritilar edi.) Shu sababdan ular xizmat qilishga nopok hisoblanib, ruhoniylikka qabul qilinmadilar. 65 Yahudo hokimi ularga shunday dedi: «Birorta ruhoniy Xudodan Urim va Tummim orqali ruhoniy ekanligingizni soʻrab, tasdiqlamaguncha, sizlar nazrlarning ruhoniylarga tegishli ulushidan tanovul qilmaysizlar.»
Surgundan qaytib kelgan jamoaning jami
66 Bu jamoa jami 42.360 kishidan iborat edi. 67 Bulardan tashqari, qul va choʻrilari — 7337 kishi, qul va choʻri qoʻshiqchilar 245 kishi edi. 68 Jamoaning 736 ta oti, 245 ta xachiri, 69 435 ta tuyasi, 6720 ta eshagi bor edi.
70 Baʼzi urugʻboshilar qurilish ishlari uchun inʼomlar berdilar. Hokim ham xazinaga 1000 oltin tanga , 50 ta togʻoracha va ruhoniylar uchun 530 ta koʻylak berdi. 71 Baʼzi urugʻboshilar inshoot qurilishi uchun xazinaga 20.000 oltin tanga , 80 pud kumush berdilar. 72 Qolgan xalq jami 20.000 oltin tanga, 75 pud kumush va ruhoniylar uchun 67 ta koʻylak berdilar. 73 Shunday qilib, ruhoniylar, levilar, Maʼbad darvozabonlari, qoʻshiqchilar, Maʼbad xizmatkorlari va xalqning qolganlari oʻz shaharlariga borib joylashdilar.”