93–SANO
1 Ey Egam, Sen qasoskor Xudosan,
Ey qasoskor Xudo, nuringni soch!
2 Qani, boʻl, ey yer yuzini hukm etguvchi,
Magʻrurlarning jazosini ber.
3 Qachongacha fosiqlar tantana qilar?
Ey Egam, qachongacha?
4 Ogʻizlaridan balandparvoz soʻzlar otilib chiqyapti–ku!
Hamma badkirdorlar maqtanyapti–ku!
5 Ey Egam, ular xalqingni ezyapti,
Oʻzing tanlagan elatingga zulm qilyapti.
6 Beva, musofirni ular oʻldiryapti,
Yetimlarni yoʻq qilyapti.
7 Ular aytyapti: “Egamiz koʻrmas,
Yoqubning Xudosi eʼtibor bermas.”
8 Tushunib oling, ey xalq orasidagi tentaklar.
Qachon sizlarga aql kirar, ey ahmoqlar?!
9 Quloqni yaratgan eshitmaydimi?!
Koʻzni ato etgan koʻrmaydimi?!
10 Xalqlarga tanbeh beruvchi jazolamaydimi?!
Uning Oʻzi insonga oʻrgatadi–ku!
11 Egamiz insonning niyatini anglaydi,
Niyatlarimiz behudaligini biladi.
12 Ey Egam, baxtlidir Sening tanbehingni olganlar,
Baxtlidir Sening qonuningdan oʻrganuvchilar.
13 Yomon kunlardan ularni Sen omon saqlaysan.
Fosiq uchun chuqur qazilguncha ular omon boʻladilar.
14 Ey Egam, Oʻz xalqingni tark etmaysan,
Oʻzing tanlagan elatingni tashlab qoʻymaysan.
15 Hukmning asosi yana adolat boʻladi,
Jamiki pokdillar adolatni qoʻllab–quvatlaydi.
16 Fosiqlardan kim meni himoya qiladi?
Badkirdorlarga qarshi kim men tomon boʻladi?
17 Ey Egam, agarda Sen menga yordam bermaganingda,
Mening jonim tezda oʻlim sukunatiga choʻkardi.
18 “Oyoqlarim qoqiladi”, deb oʻylaganimda,
Ey Egam, sodiq sevging meni qoʻlladi.
19 Ichim xavotirga toʻlib ketganda,
Sen bergan tasalli menga quvonch keltirdi.
20 Zolim hukmdorlar Xudoga sherik boʻlarmi?!
Axir, ular farmonlari bilan kulfat keltiradi–ku!
21 Ular solihlarga qarshi birlashadi,
Gunohsizlarni oʻlimga mahkum etadi.
22 Ammo Egam mening qalʼamdir,
Mening panoh qoyam Xudodir.
23 Fosiqligi uchun Egamiz ularni qirib tashlaydi,
Gunohlari uchun jazosini beradi.
Ha, Egamiz Xudo ularni ildizidan quritadi.
1 The LORD reigneth, he is clothed with majesty; the LORD is clothed with strength, wherewith he hath girded himself: the world also is stablished, that it cannot be moved.
2 Thy throne is established of old: thou art from everlasting.
3 The floods have lifted up, O LORD, the floods have lifted up their voice; the floods lift up their waves.
4 The LORD on high is mightier than the noise of many waters, yea, than the mighty waves of the sea.
5 Thy testimonies are very sure: holiness becometh thine house, O LORD, for ever.