29–BOB
Karnay bayramida qilinadigan nazrlar
1 Yettinchi oyning birinchi kunida butun xalq muqaddas yigʻinga kelsin, har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. Oʻsha kuni karnaylar chalinsin. 2 Egamizga yoqimli hid borishi uchun bitta buqani, bitta qoʻchqorni va yettita bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 3 Qurbonliklarga qoʻshib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: buqa bilan oʻn ikki kosa un, qoʻchqor bilan sakkiz kosa un, 4 har bir qoʻchqor qoʻzi bilan toʻrt kosa un. 5 Oʻzlaringizni gunohlardan poklash uchun bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. 6 Bu nazrlar har oyning boshida va kunda kuydiriladigan qurbonliklardan , ularga qoʻshib, belgilangan miqdorda qilinadigan don bilan sharob nazrlaridan tashqari keltirilsin. Bular Egamizga yoqimli hid borishi uchun olovda kuydirilsin.
Poklanish kunida qilinadigan nazrlar
7 Yettinchi oyning oʻninchi kuni ham butun xalq muqaddas yigʻinga kelsin. Shu kuni roʻza tutinglar, hech qanday ish qilmanglar. 8 Egamizga yoqimli hid borishi uchun bitta buqani, bitta qoʻchqorni va yettita bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 9 Bu qurbonliklarga qoʻshib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: buqa bilan oʻn ikki kosa un, qoʻchqor bilan sakkiz kosa un, 10 har bir qoʻchqor qoʻzi bilan toʻrt kosa un. 11 Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar gunohlardan poklash qurbonligidan va unga qoʻshib qilinadigan sharob nazridan hamda kunda kuydiriladigan qurbonliklaru ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazrlaridan tashqari keltirilsin.
Chayla bayramida qilinadigan nazrlar
12 Yettinchi oyning oʻn beshinchi kuni ham butun xalq muqaddas yigʻinga kelsin. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. Yetti kun davomida Egamizga atab bayram qilinglar.
13 Birinchi kuni Egamizga yoqimli hid borishi uchun oʻn uchta buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini olovda kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 14 Bu qurbonliklarga qoʻshib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: har bir buqa bilan oʻn ikki kosa un, har bir qoʻchqor bilan sakkiz kosa un, 15 har bir qoʻchqor qoʻzi bilan toʻrt kosa un. 16 Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don, sharob nazridan tashqari keltirilsin.
17 Ikkinchi kuni oʻn ikkita buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 18 Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 19 Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
20 Uchinchi kuni oʻn bitta buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 21 Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 22 Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
23 Toʻrtinchi kuni oʻnta buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 24 Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 25 Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
26 Beshinchi kuni toʻqqizta buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 27 Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 28 Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
29 Oltinchi kuni sakkizta buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 30 Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 31 Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
32 Yettinchi kuni yettita buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 33 Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 34 Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
35 Sakkizinchi kuni esa butun xalq muqaddas yigʻinga kelsin, har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. 36 Egamizga yoqimli hid borishi uchun bitta buqani, bitta qoʻchqorni va yettita bir yoshli qoʻchqor qoʻzini olovda kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 37 Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 38 Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
39 Bayramlarda Egamizga atab kuydiriladigan qurbonlik, tinchlik qurbonligi, don bilan sharob nazrlari shulardan iboratdir. Bular bergan vaʼdangizga muvofiq qilinadigan nazr va koʻngildan chiqarib beriladigan nazrlardan tashqari keltiriladi.”
1 And in the seventh month, on the first day of the month, ye shall have an holy convocation; ye shall do no servile work: it is a day of blowing the trumpets unto you. 2 And ye shall offer a burnt offering for a sweet savour unto the LORD; one young bullock, one ram, and seven lambs of the first year without blemish: 3 And their meat offering shall be of flour mingled with oil, three tenth deals for a bullock, and two tenth deals for a ram, 4 And one tenth deal for one lamb, throughout the seven lambs: 5 And one kid of the goats for a sin offering, to make an atonement for you: 6 Beside the burnt offering of the month, and his meat offering, and the daily burnt offering, and his meat offering, and their drink offerings, according unto their manner, for a sweet savour, a sacrifice made by fire unto the LORD.
7 ¶ And ye shall have on the tenth day of this seventh month an holy convocation; and ye shall afflict your souls: ye shall not do any work therein: 8 But ye shall offer a burnt offering unto the LORD for a sweet savour; one young bullock, one ram, and seven lambs of the first year; they shall be unto you without blemish: 9 And their meat offering shall be of flour mingled with oil, three tenth deals to a bullock, and two tenth deals to one ram, 10 A several tenth deal for one lamb, throughout the seven lambs: 11 One kid of the goats for a sin offering; beside the sin offering of atonement, and the continual burnt offering, and the meat offering of it, and their drink offerings.
12 ¶ And on the fifteenth day of the seventh month ye shall have an holy convocation; ye shall do no servile work, and ye shall keep a feast unto the LORD seven days: 13 And ye shall offer a burnt offering, a sacrifice made by fire, of a sweet savour unto the LORD; thirteen young bullocks, two rams, and fourteen lambs of the first year; they shall be without blemish: 14 And their meat offering shall be of flour mingled with oil, three tenth deals unto every bullock of the thirteen bullocks, two tenth deals to each ram of the two rams, 15 And a several tenth deal to each lamb of the fourteen lambs: 16 And one kid of the goats for a sin offering; beside the continual burnt offering, his meat offering, and his drink offering.
17 ¶ And on the second day ye shall offer twelve young bullocks, two rams, fourteen lambs of the first year without spot: 18 And their meat offering and their drink offerings for the bullocks, for the rams, and for the lambs, shall be according to their number, after the manner: 19 And one kid of the goats for a sin offering; beside the continual burnt offering, and the meat offering thereof, and their drink offerings.
20 ¶ And on the third day eleven bullocks, two rams, fourteen lambs of the first year without blemish; 21 And their meat offering and their drink offerings for the bullocks, for the rams, and for the lambs, shall be according to their number, after the manner: 22 And one goat for a sin offering; beside the continual burnt offering, and his meat offering, and his drink offering.
23 ¶ And on the fourth day ten bullocks, two rams, and fourteen lambs of the first year without blemish: 24 Their meat offering and their drink offerings for the bullocks, for the rams, and for the lambs, shall be according to their number, after the manner: 25 And one kid of the goats for a sin offering; beside the continual burnt offering, his meat offering, and his drink offering.
26 ¶ And on the fifth day nine bullocks, two rams, and fourteen lambs of the first year without spot: 27 And their meat offering and their drink offerings for the bullocks, for the rams, and for the lambs, shall be according to their number, after the manner: 28 And one goat for a sin offering; beside the continual burnt offering, and his meat offering, and his drink offering.
29 ¶ And on the sixth day eight bullocks, two rams, and fourteen lambs of the first year without blemish: 30 And their meat offering and their drink offerings for the bullocks, for the rams, and for the lambs, shall be according to their number, after the manner: 31 And one goat for a sin offering; beside the continual burnt offering, his meat offering, and his drink offering.
32 ¶ And on the seventh day seven bullocks, two rams, and fourteen lambs of the first year without blemish: 33 And their meat offering and their drink offerings for the bullocks, for the rams, and for the lambs, shall be according to their number, after the manner: 34 And one goat for a sin offering; beside the continual burnt offering, his meat offering, and his drink offering.
35 ¶ On the eighth day ye shall have a solemn assembly: ye shall do no servile work therein: 36 But ye shall offer a burnt offering, a sacrifice made by fire, of a sweet savour unto the LORD: one bullock, one ram, seven lambs of the first year without blemish: 37 Their meat offering and their drink offerings for the bullock, for the ram, and for the lambs, shall be according to their number, after the manner: 38 And one goat for a sin offering; beside the continual burnt offering, and his meat offering, and his drink offering. 39 These things ye shall do unto the LORD in your set feasts, beside your vows, and your freewill offerings, for your burnt offerings, and for your meat offerings, and for your drink offerings, and for your peace offerings. 40 And Moses told the children of Israel according to all that the LORD commanded Moses.