88–SANO
1 Zerax urugʻidan boʻlgan Etxanning qasidasi .
2 Sening sodiq sevgingni, ey Egam, to abad kuylayman,
Barcha nasllarga sadoqatingni oʻz ogʻzim bilan eʼlon qilaman.
3 Bilaman, Sening sodiq sevging to abad mustahkamdir,
Sening sadoqating samolarday barqarordir.
4 Sen shunday deding :
“Oʻzim tanlaganim bilan ahd qilganman.
Ha, qulim Dovudga qasamyod qilganman:
5 «Sening naslingni to abad mustahkam qilaman,
Taxtingni butun avlodlar osha oʻrnataman.»”
6 Ajoyibotlaringga, ey Egam, samolar hamdu sano aytsin,
Muqaddas malaklar Sening sadoqatingni kuylasin.
7 Ey Egam, samolarda Senga tenglashadigani bormikan?!
Ilohiy zotlardan qaysi biri Senga oʻxsharkan?!
8 Ey Xudo, muqaddas malaklar davrasida haybatlisan,
Taxting atrofidagilarning hammasidan qoʻrqinchlisan.
9 Ey Parvardigori Olam — Egam,
Kim Senchalik qudratli, ey Egam?!
Sadoqating atrofingni oʻragan.
10 Asov dengizni yoʻlga solguvchi Sensan,
Toʻlqinlar quturganda bosguvchi Sensan.
11 Jasadni ezganday maxluq Rahobni ezding,
Qudratli qoʻling bilan gʻanimlaringni tarqatding.
12 Samolar Senikidir, zamin ham Senikidir,
Olamu undagi har narsa Senikidir,
Hammasini Sen mustahkam qurgansan.
13 Shimolu janubni ham Sen yaratgansan,
Tovur, Xermon togʻlari
Sening noming tufayli shodlikdan kuylaydi.
14 Bilaging naqadar qudratlidir!
Qoʻling kuchli, oʻng qoʻling muzaffardir!
15 Adolat va haqqoniyatdir taxtingning poydevori,
Oldingda yuradi sevgi va sadoqat.
16 Baxtlidir sevinch hayqiriqlarini bilgan xalq,
Ey Egam, huzuring nurida yurgan xalq baxtlidir!
17 Sening noming tufayli ular kun boʻyi sevinadi,
Sening adolating tufayli ular yuksaladi.
18 Zotan, Sen ularning kuchi, shuhratisan,
Qudratimiz yuksalar Sening lutf–karamingdan.
19 Ey Egam, qalqonimizni Sen tanlading,
Ey Isroil xalqining Muqaddas Xudosi,
Sen bizga shohimizni berding.
20 Qadimda Sen taqvodorlaringga vahiyda aytdingki:
“Mashhur jangchiga Men kuch berdim,
Xalq orasidan yosh yigitni yuksaltirdim.
21 Qulim Dovudni Men topdim,
Muqaddas moyimni surtib uni tanladim .
22 Mening qoʻlim doim uni quvvatlaydi,
Bilagim uni kuchli qiladi.
23 Gʻanim uni alday olmaydi,
Zolim uni qisa olmaydi.
24 Uning koʻz oʻngida dushmanlarini ezib tashlayman,
Uni yomon koʻrganlarni qirib tashlayman.
25 Sadoqatim, sodiq sevgim u bilan boʻladi,
Men tufayli uning qudrati yuksaladi.
26 Uning qudratini dengiz uzra barqaror qilaman,
Uning hukmronligini daryolar uzra oʻrnataman.
27 U Menga aytadi: «Sen Otamsan!
Xudoyimsan, najotim qoyasi Sensan.»
28 Men uni toʻngʻich oʻgʻil qilib olaman ,
Yer yuzi shohlarining qudratlisi qilaman.
29 Unga boʻlgan cheksiz sevgimda to abad sobit turaman,
U bilan qilgan ahdimni davom ettiraman.
30 Uning naslini to abad mustahkam qilaman,
Uning taxti osmon turguncha turadi.
31 Bordi–yu, uning nasli qonunimdan yuz oʻgirsa,
Mening qoidalarim boʻyicha ular yurmasalar,
32 Agarda farmonlarimni buzsalar,
Mening amrlarimga rioya etmasalar,
33 Ularni itoatsizligi uchun xivich bilan jazolayman,
Gunohi uchun ularni tayoq bilan jazolayman.
34 Dovuddan esa sevgimni darigʻ tutmayman,
Sadoqatimga aslo xiyonat etmayman.
35 Men ahdimni buzmayman,
Aytgan soʻzimdan aslo qaytmayman.
36 Muqaddas nomim haqi ilk va soʻng marta ont ichdim,
Dovudni Men aslo aldamayman.
37 Uning nasli to abad davom etadi,
Uning taxti qarshimda quyosh kabi turadi.
38 Oyga, samolardagi oʻsha sodiq guvohga oʻxshab,
Taxti to abad mahkam turadi.”
39 Endi esa, ey Egam, Sen uni nafrat bilan rad etding,
Oʻzing shoh qilib tanlaganingdan gʻoyat gʻazablanding.
40 Men — Oʻz quling bilan qilgan ahdingdan qaytding,
Uning tojini Sen tuproqqa qording.
41 Shaharlarining hamma devorlarini qulatding,
Qalʼalarini vayronaga aylantirding.
42 Yoʻldan oʻtayotganlarning hammasi uni taladi,
Qoʻshni xalqlarga u masxara boʻldi.
43 Shohimizning dushmanlarini gʻolib qilding,
Uning hamma gʻanimlarini sevintirding.
44 Qilichining damini qaytarding,
Jangda unga Sen madad bermading.
45 Uning ulugʻvorligiga Sen chek qoʻyding,
Taxtini yerga uloqtirib yubording.
46 Yoshlik kunlarini qisqartirding,
Uni sharmandayu sharmisor qilding.
47 Ey Egam, bu qachongacha davom etadi?
Oʻzingni bizdan to abad yashirasanmi?
Qachongacha gʻazabing otash kabi yonadi?
48 Esingda tut, hayotim naqadar qisqa,
Ne uchun insonni behuda yaratding?!
49 Qaysi inson oʻlimni koʻrmas ekan?!
Kim oʻliklar diyori changalidan omon qolar ekan?!
50 Ey Rabbiy, qani oldingi buyuk sevging?
Sadoqating ila buni Dovudga vaʼda bergan eding–ku!
51 Ey Rabbiy, men, quling, qanchalar masxara boʻlganimni yodingda tut.
Hamma xalqlarning haqoratlarini bagʻrimda koʻtarib yuribman–ku!
52 Ey Egam, dushmanlaring tanlagan shohingni masxaralaganini,
Uning har bir qadamini tahqir etganlarini yodda tut!
53 Egamizga to abad olqishlar boʻlsin!
Omin! Omin!
A Song or Psalm for the sons of Korah, to the chief Musician upon Mahalath Leannoth, Maschil of Heman the Ezrahite.
1 O LORD God of my salvation, I have cried day and night before thee:
2 Let my prayer come before thee: incline thine ear unto my cry;
3 For my soul is full of troubles: and my life draweth nigh unto the grave.
4 I am counted with them that go down into the pit: I am as a man that hath no strength:
5 Free among the dead, like the slain that lie in the grave, whom thou rememberest no more: and they are cut off from thy hand.
6 Thou hast laid me in the lowest pit, in darkness, in the deeps.
7 Thy wrath lieth hard upon me, and thou hast afflicted me with all thy waves. Selah.
8 Thou hast put away mine acquaintance far from me; thou hast made me an abomination unto them: I am shut up, and I cannot come forth.
9 Mine eye mourneth by reason of affliction: LORD, I have called daily upon thee, I have stretched out my hands unto thee.
10 Wilt thou shew wonders to the dead? shall the dead arise and praise thee? Selah.
11 Shall thy lovingkindness be declared in the grave? or thy faithfulness in destruction?
12 Shall thy wonders be known in the dark? and thy righteousness in the land of forgetfulness?
13 But unto thee have I cried, O LORD; and in the morning shall my prayer prevent thee.
14 LORD, why castest thou off my soul? why hidest thou thy face from me?
15 I am afflicted and ready to die from my youth up: while I suffer thy terrors I am distracted.
16 Thy fierce wrath goeth over me; thy terrors have cut me off.
17 They came round about me daily like water; they compassed me about together.
18 Lover and friend hast thou put far from me, and mine acquaintance into darkness.