82–SANO
1 Osif sanosi. Qoʻshiq.
2 Ey Xudo, sukut saqlamagin,
Jimjit boʻlma, ey Xudo, jim turmagin.
3 Dushmanlaring shovqin–suron solmoqda,
Gʻanimlaring isyon qilmoqda.
4 Ayyorlik bilan ular xalqingga fitna qiladi,
Sen ardoqlaganlarga qarshi qasd qiladi.
5 Ular aytar: “Qani, oʻsha xalqning ildizini quritaylik,
To abad unutilsin Isroilning nomi.”

6-8 Edomliklar va Ismoil avlodlari,
Moʻabliklar va Hojar nasllari ,
Gabol , Ommon va Omolek xalqlari,
Tir xalqi bilan Filistiya
Til biriktirib, fitna qiladi,
Senga qarshi ittifoq tuzadi.
9 Lut nasli bilan ittifoq tuzib,
Ossuriya ham ularga qoʻshilgan edi.

10 Midiyonlarni jazolaganingday ularni jazola,
Xishon daryosida Sisaro, Yobinni qirganingday jazola.
11 Ular En–Doʻrda halok boʻlgandilar,
Yerga tashlangan goʻngday boʻlgandilar.
12 Oriv va Zayovday qilib, ularning yoʻlboshchilarini oʻldir,
Barcha shahzodalarini Zevax va Zalmunoday qilgin.
13 Axir, ular: “Xudoning oʻtloqlarini
Oʻzimizniki qilib olaylik”, dedilar.

14 Ey Xudoyim, ularni xazonday sovurgin,
Shamoldagi somonday ularni uchirgin.
15-16 Oʻrmonni alanga yondirganday,
Ularni boʻronlaring ila taʼqib qil.
Tepaliklarni olov bilan kuydirganday
Ularni dovullaring ila dahshatga sol.
17 Yuzlarini sharmandalikdan qizartir,
Toki ular, ey Egam, Senga intilsin.
18 Ular doim sharmanda boʻlib, qoʻrquvga tushsin,
Badnom boʻlib, yoʻq boʻlib ketsin.
19 Ular bilsin Egamiz Sen ekaningni,
Yer yuzida buyuk hukmdor yolgʻiz Sen ekaningni.
A Psalm of Asaph.
1 God standeth in the congregation of the mighty; he judgeth among the gods.
2 How long will ye judge unjustly, and accept the persons of the wicked? Selah.
3 Defend the poor and fatherless: do justice to the afflicted and needy.
4 Deliver the poor and needy: rid them out of the hand of the wicked.
5 They know not, neither will they understand; they walk on in darkness: all the foundations of the earth are out of course.

6 I have said, Ye are gods; and all of you are children of the most High.
7 But ye shall die like men, and fall like one of the princes.
8 Arise, O God, judge the earth: for thou shalt inherit all nations.