54–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar joʻrligida aytiladigan Dovud qasidasi .
2 Ibodatimga quloq sol, ey Xudo,
Iltijoimni eʼtiborsiz qoldirma.
3-4 Eshit meni, javob ber,
Dushmanlarim dagʻdagʻasi, fosiqlarning siquvi
Boshimga gʻam–kulfat keltiradi.
Ular gʻazablanib, mendan nafratlanadi.
Eh, oʻylarim qiynaydi meni,
Gʻam–tashvishlar qattiq ezadi.

5 Yuragim hasratga toʻladir,
Oʻlim vahimasi meni bosib keladir.
6 Qoʻrquv, titroq menga kelmoqda,
Dahshat meni ezib bormoqda.
7 “Qaniydi kaptar kabi, qanotim boʻlsa”, dedim,
“Uchib ketib, orom olgan boʻlardim.
8 Haqiqatan, uzoqlarga uchib qutulardim,
Sahroda makon qilgan boʻlardim.
9 Quturgan shamolu boʻrondan qochib,
Oʻzimga boshpana topgani shoshilgan boʻlardim.”

10 Ey Rabbiy, dushmanlarimni chalgʻit,
Ularning gaplarini chalkashtir.
Shaharda zoʻravonlik, janjalni koʻrib turibman.
11 Fosiqlar kecha–kunduz shahar devori ustida izgʻiydi,
Yovuzlik, vahima shahar ichida yuz bermoqda.
12 Shaharning oʻrtasida buzgʻunchilik,
Koʻchalaridan zulm va hiyla arimaydi.

13 Gʻanimlarim meni haqorat qilganda edi,
Bunga bardoshim yetgan boʻlardi.
Dushmanim oʻzini mendan yuqori qoʻyganda edi,
Undan yashiringan boʻlardim.
14 Ammo u mening tengim–ku,
Yaqin doʻstim hamda hamrohim–ku.
15 U bilan dilkash doʻst edik,
Ey Xudo, Sening uyingdagi yigʻinda birga yurardik.
16 Uylari, yuraklari fosiqlikka toʻla boʻlgani uchun
Gʻanimlarim oʻlimga roʻbaroʻ boʻlsin,
Tiriklayin oʻliklar diyoriga tushsin.

17 Men iltijo qilaman Xudoga,
Najot beradi Egam menga.
18 Oqshom, sahar hamda kunduz
Dardu figʻonlarimni aytaman.
Egam mening ovozimni eshitadi.
19 Garchi menga qarshilar koʻp boʻlsa ham,
Birorta ham zarar yetkazmay
Meni janglardan qutqaradi.
20 Azaldan taxtda oʻtirgan Xudo
Menga quloq tutib,
Dushmanlarimni magʻlub qiladi.
Axir, ular oʻz yoʻlidan qaytmadilar,
Xudodan ular qoʻrqmadilar.

21 Hamrohim oʻz doʻstiga qarshi qoʻlini koʻtardi,
Men bilan qilgan ahdiga u xiyonat qildi.
22 Uning ogʻzidan bol tomadi,
Yuragi esa adovatga toʻla.
Soʻzlari moydan ham yoqimli,
Aslida qindan chiqqan qilichdaydir.

23 Tashvishlaringni Egamizga topshirgin,
U senga tayanch boʻladi.
Egamiz hech qachon solihning yiqilishiga yoʻl qoʻymaydi.

24 Ey Xudo, fosiqlarni Sen
Oʻliklar diyoriga uloqtirasan.
Qonxoʻr, xoin kimsalar aslo
Umrining yarmisini ham yashamaydi.
Men esa Senga umid bogʻlayman.
To the chief Musician on Neginoth, Maschil, A Psalm of David, when the Ziphims came and said to Saul, Doth not David hide himself with us?
1 Save me, O God, by thy name, and judge me by thy strength.
2 Hear my prayer, O God; give ear to the words of my mouth.
3 For strangers are risen up against me, and oppressors seek after my soul: they have not set God before them. Selah.

4 Behold, God is mine helper: the Lord is with them that uphold my soul.
5 He shall reward evil unto mine enemies: cut them off in thy truth.
6 I will freely sacrifice unto thee: I will praise thy name, O LORD; for it is good.
7 For he hath delivered me out of all trouble: and mine eye hath seen his desire upon mine enemies.