36–SANO
Dovud sanosi.
1 Fosiqlarga gʻayirlik qilmagin,
Badkirdorlarga hasad qilmagin.
2 Ular maysaday tezda qurib qoladi,
Yam–yashil oʻtday tezda soʻlib qoladi.
3 Egamizga umid bogʻlab, yaxshilik qilgin,
Shu yurtda yashab, halovat topgin.
4 Egamizni oʻzingning shodliging deb bil,
Koʻnglingdagi orzularingga U yetkazadi.
5 Yoʻllaringni topshirgin Egamizga,
Ishon Unga, U madad beradi.
6 Solihligingni U tong kabi porlatadi,
Haqligingni kunduzgi quyosh kabi qiladi.
7 Sabrli boʻl, muntazir boʻl Egamizga,
Gʻayirlik qilmagin yoʻllarini topganlarga,
Fosiq niyatlarin amalga oshirganlarga.
8 Gʻazabdan oʻzingni tiy, qahrdan qaytgin,
Ich–etingni yema, bu faqatgina zararga olib boradi.
9 Yovuzlar yoʻq qilib tashlanadi,
Egamizdan umidvorlar yurtga egalik qiladi.
10 Tez orada fosiqlarning kuni bitadi,
Sen har qancha qidirmagin,
Ularni bu yerdan topa olmaysan.
11 Beozorlar esa yurtga egalik qiladi,
Moʻl baxt–saodatdan bahramand boʻladi.
12 Fosiq solihlarga qarshi fitna qiladi,
Ularga qarshi tishlarini gʻijirlatadi.
13 Rabbiy fosiqlarni masxara qiladi,
Ularning kuni bitayotir, buni Rabbiy biladi.
14 Fosiq qilichini sugʻurib, kamonini tortadi,
Bechora, mazlumni yiqitishga shaylanadi,
Solihlarni oʻldirmoq istaydi.
15 Ammo qilichlari oʻzlarining boshini yeydi,
Kamonlari ham parcha–parcha boʻlib ketadi.
16 Solihning qoʻlidagi oz narsa afzal,
Jamiki fosiqning boyligidan koʻra.
17 Fosiqning kuchi qirqilib ketadi,
Solihni esa Egamiz qoʻllab–quvvatlaydi.
18 Aybsizlarning ehtiyoji Egamiz eʼtiborida,
Ularning mulki to abad davom etadi.
19 Qaro kunlarda ham ular zavol topmaydi,
Qahatchilik kunlarda ham farovon yashaydi.
20 Fosiqlar esa albatta halok boʻladi,
Egamiz gʻanimlari qirdagi gullarday quriydi,
Ular tutun kabi tarqalib, yoʻq boʻlib ketadi.
21 Fosiq qarz oladi–yu, qaytarib bermaydi,
Solih esa himmat ila inʼom qiladi.
22 Egamiz baraka bergan insonlar yurtni egallaydi,
Egamiz laʼnatlagan odamlar esa yoʻq boʻlib ketadi.
23 Egamiz insonning yoʻlidan mamnun boʻlsa,
Uning qadamlarini sobit qiladi.
24 Hatto qoqilsa ham yiqilib tushmaydi,
Egamiz madad berib, qoʻlidan ushlaydi.
25 Men ham yosh edim, endi keksaydim,
Solihlarning tark etilganini,
Ularning zurriyoti non tilaganini koʻrmadim.
26 Ular doim himmat ila qarz beradi,
Farzandlari ham baraka topadi.
27 Fosiqlikni tashla, yaxshilik qilgin,
Toki yurtda to abad maskan qilgin.
28 Zotan, Egamiz yaxshi koʻradi adolatni,
Tark etmaydi taqvodorlarni,
Ularni to abad himoya qiladi,
Fosiqlar naslini qirib tashlaydi.
29 Solih yurtga egalik qiladi,
Bu yurtda to abad istiqomat qiladi.
30 Solihning ogʻzi donolikdan soʻzlaydi,
Uning tili adolatni soʻylaydi.
31 Yuragida Xudosining qonuni joy olgan,
Shuning uchun qadamida adashmaydi.
32 Fosiq solihni doim kuzatadi,
Uni oʻldirmoqni moʻljallab yuradi.
33 Egamiz solihni fosiqning ixtiyoriga topshirmaydi,
Hukmga olib kelinganda, solih mahkum boʻlmaydi.
34 Egamizdan umid qil, Uning yoʻllarini tutgin,
U seni yuksaltiradi, bu yurtni egallaysan,
Fosiqning qirilib ketishini sen koʻrasan.
35 Koʻrganman fosiq, zolim odamning
Oʻz yurtida yam–yashil daraxtday unganini.
36 Koʻp oʻtmay u oʻtib ketdi, yoʻq boʻldi,
Qancha qidirsam ham, topa olmadim.
37 Aybsizga eʼtibor ber, sofdilni kuzat,
Tinchlikparvarning istiqboli yorqin.
38 Gunohkorlarning hammasi qirilib bitadi,
Fosiqning kelajagi barham topadi.
39 Solih kishi Egamiz tufayli najot topgaydir,
Kulfat chogʻi Egamiz solihning qalʼasidir.
40 Egamizdan panoh topgani uchun
Solihga Egamiz madad beradi, uni qutqaradi,
Fosiqdan omon saqlaydi, unga najot beradi.
To the chief Musician, A Psalm of David the servant of the LORD.
1 The transgression of the wicked saith within my heart, that there is no fear of God before his eyes.
2 For he flattereth himself in his own eyes, until his iniquity be found to be hateful.
3 The words of his mouth are iniquity and deceit: he hath left off to be wise, and to do good.
4 He deviseth mischief upon his bed; he setteth himself in a way that is not good; he abhorreth not evil.
5 Thy mercy, O LORD, is in the heavens; and thy faithfulness reacheth unto the clouds.
6 Thy righteousness is like the great mountains; thy judgments are a great deep: O LORD, thou preservest man and beast.
7 How excellent is thy lovingkindness, O God! therefore the children of men put their trust under the shadow of thy wings.
8 They shall be abundantly satisfied with the fatness of thy house; and thou shalt make them drink of the river of thy pleasures.
9 For with thee is the fountain of life: in thy light shall we see light.
10 O continue thy lovingkindness unto them that know thee; and thy righteousness to the upright in heart.
11 Let not the foot of pride come against me, and let not the hand of the wicked remove me.
12 There are the workers of iniquity fallen: they are cast down, and shall not be able to rise.