118–SANO
1 Baxtlidir yoʻllari pok boʻlganlar,
Ey Egam, Sening qonuning boʻyicha yuradiganlar.
2 Baxtlidir Sening shartlaringga rioya qiladiganlar,
Butun qalbi bilan Senga intiladiganlar.
3 Ular aslo nohaq ish qilmaydilar,
Sening yoʻllaringdan yuradilar.
4 Oʻzing bizga amr berib,
Buyruqlarimga diqqat ila itoat eting, degansan.
5 Qaniydi farmonlaringni ado etishda barqaror boʻlsam!
6 Men sharmanda boʻlib qolmay, deya
Hamma amrlaringga diqqat qilaman.
7 Sening odil qoidalaringni oʻrganganimda,
Toza qalb ila hamdu sano aytaman Senga.
8 Sening qonunlaringni bajaraman,
Meni hech qachon tark etmagin.

9 Yigit qanday qilib yoʻllarini pok saqlaydi?
Kaloming boʻyicha yashab, shunga erishadi.
10 Butun qalbim bilan Senga intilaman,
Amrlaringdan ogʻishimga yoʻl qoʻymagin.
11 Soʻzlaringni yuragimda asrayman,
Toki Senga qarshi gunoh qilmayin.
12 Ey Egam, Senga olqishlar boʻlsin,
Farmonlaringni oʻrgatgin menga.
13 Ogʻzingdan chiqqan barcha qoidalarni
Oʻz ogʻzim bilan eʼlon qilaman.
14 Shartlaringga ergashib, lazzat topaman,
Goʻyo katta boylik topib xursand boʻlaman.
15 Buyruqlaring haqida chuqur fikr yuritaman,
Sening yoʻllaringga diqqat qilaman.
16 Farmonlaringdan lazzat olaman,
Kalomingni men unutmasman.

17 Men, Oʻz qulingga yaxshilik qilgin,
Toki yashab, kalomingga itoat etayin.
18 Koʻzlarimni och, toki koʻrayin
Qonuningdagi ajoyibotlarni.
19 Yer yuzida musofirday yashayman,
Amrlaringni mendan yashirma.
20 Jonim kuymoqda hasrat bilan,
Qoidalaringni oʻrganishni doim istayman.
21 Laʼnatlangan takabburlarga,
Amrlaringdan ogʻib ketganlarga Sen tanbeh berasan.
22 Haqorat, xoʻrlikni mendan uzoqlashtir,
Axir, shartlaringni doim bajarganman.
23 Hatto shahzodalar toʻplanib, menga boʻhton qilsalar ham
Men farmonlaring haqida chuqur fikr yuritaman.
24 Sening shartlaring menga lazzat bagʻishlaydi,
Shartlaring men uchun maslahatchidirlar.

25 Jonim chiqay deb turibdi,
Vaʼdangga koʻra, hayotimni saqlagin.
26 Hayotim haqida Senga aytib berdim,
Sen javob berding.
Endi farmonlaringni menga oʻrgatgin.
27 Menga buyruqlaringni tushuntir,
Toki moʻjizalaring haqida chuqur fikr yuritay.
28 Jonim ado boʻldi gʻam–gʻussadan,
Quvvat bergin menga vaʼdangga binoan.
29 Soxta yoʻllardan meni saqlagin,
Iltifot ila qonuningni menga oʻrgatgin.
30 Men sadoqat yoʻlini tanlaganman,
Qoidalaringni yuragimga jo qilganman.
31 Ey Egam, shartlaringni mahkam ushlaganman,
Endi sharmanda boʻlishimga yoʻl qoʻymagin.
32 Jonim bilan amrlaringni bajaraman,
Zotan, menga koʻp zakovat ato qilasan.

33 Ey Egam, menga farmonlaringni oʻrgat,
Toki men ularni oxirigacha bajarayin.
34 Zakovat ber menga, toki qonuningga rioya qilay,
Chin qalbimdan qonuningni bajaray.
35 Amrlaring soʻqmogʻidan meni yetaklagin,
Men undan lazzat topaman.
36 Yuragimni nohaq foyda tomon emas,
Oʻz shartlaring tomon burgin.
37 Koʻzlarimni befoyda narsalardan qaytargin,
Vaʼdangga binoan hayotimni saqlagin .
38 Men, Oʻz qulingga bergan vaʼdangda turgin,
Bu vaʼdang Sendan qoʻrqadiganlar uchundir.
39 Sharmandalikdan qoʻrqaman, mendan uzoq qil,
Zotan, qoidalaring ezgudir.
40 Buyruqlaringga naqadar talpinaman,
Adolating bilan hayotimni saqlagin.

41 Sodiq sevgingni, ey Egam, menga koʻrsat,
Vaʼdangga koʻra, menga najot ber.
42 Shunda meni haqorat qilganlarga javob beraman,
Sening kalomingga umid qilaman.
43 Ogʻzimdan haqiqat kalomini tamom tortib olma,
Sening qoidalaringga umid bogʻlaganman.
44 Qonuningga doimo rioya qilaman,
Abadulabad uni bajaraman.
45 Men ozod boʻlib yuraveraman,
Buyruqlaringni izlab topganman.
46 Shohlar oldida shartlaringdan soʻylayman,
Sharmanda boʻlmasman.
47 Amrlaringdan lazzat topaman,
Men amrlaringni sevaman.
48 Amrlaringga izzatu sevgi koʻrsataman,
Farmonlaring haqida chuqur fikr yuritaman.

49 Esla men, qulingga bergan vaʼdangni,
Sen vaʼda berib, umidvor qilgansan meni.
50 Kulfatda qolganimda shu menga tasalli beradi,
Sening vaʼdang mening hayotimni saqlaydi.
51 Takabbur meni tamom masxara qiladi,
Shunda ham qonuningdan yuz oʻgirmasman.
52 Azaliy qoidalaringni, ey Egam, eslayman,
Bu qoidalaringdan men tasalli topaman.
53 Fosiq qonuningdan yuz oʻgirgan,
Shu bois men qattiq gʻazablanaman.
54 Qayerda boshpana qilgan boʻlmayin,
Farmonlaringni qoʻshiq qilib kuylayman.
55 Ey Egam, tunda ham Seni eslayman,
Sening qonunlaringga rioya etaman.
56 Bu menga odat boʻlgan edi,
Buyruqlaringga rioya qildim.

57 Ey Egam, Sen mening xavfsizligim manbaisan,
Kalomingga itoat etaman, deb vaʼda beraman.
58 Jamolingni izladim chin qalbimdan,
Mehribon boʻl menga vaʼdangga binoan.
59 Yoʻllarimga diqqat qildim,
Shartlaring boʻyicha qadam bosaman.
60 Men shoshilaman, kechikmasman
Amrlaringga itoat etmoq uchun.
61 Fosiqlar meni arqonlar bilan bogʻlaydi,
Shunda ham Sening qonuningni unutmayman.
62 Yarim tunda uygʻonib, odil qoidalaring uchun
Senga hamdu sano aytaman.
63 Sendan qoʻrqqanlarga men doʻstman,
Buyruqlaringga rioya qilganlarga sherikman.
64 Ey Egam, sodiq sevgingdan zamin toʻlgandir,
Farmonlaringni menga oʻrgat.

65 Ey Egam, Oʻzing bergan vaʼdangga muvofiq
Men, Oʻz qulingga yaxshilik qilding.
66 Menga donolik, zukkolik bergin,
Sening amrlaringga ishondim.
67 Jazo olmasimdan oldin adashar edim,
Endi Sening soʻzingga itoat etaman.
68 Naqadar yaxshisan, ezgulik qilasan,
Farmonlaringni menga oʻrgatgin.
69 Takabbur yolgʻon soʻylab, meni qoraga chaplar,
Men esa chin qalbdan buyruqlaringga itoat etaman.
70 Ularning qalbini yogʻ bogʻlagan,
Men esa qonuningdan lazzat olaman.
71 Tortgan jazoim menga saboq boʻldi,
Shu orqali farmonlaringni oʻrgandim.
72 Minglab oltinu kumushdan koʻra,
Yaxshidir men uchun ogʻzingdan chiqqan qonun.

73 Qoʻllaring meni yaratgan, barpo qilgan,
Amrlaringni oʻrganishga menga idrok bergin.
74 Sendan qoʻrqqanlar meni koʻrib, sevinsinlar,
Zotan, Sening kalomingga umid qilganman.
75 Ey Egam, hukmlaring adolatliligini bilaman,
Menga jazo berganingda, Sen haq eding.
76 Men, Oʻz qulingga bergan vaʼdangga koʻra,
Sodiq sevging menga tasalli boʻlsin.
77 Menga shafqat qilgin, toki yashayin,
Axir, Sening qonuning men uchun lazzat.
78 Yolgʻon gapirib, menga zarar qilgani uchun
Takabburlar sharmanda boʻlsin.
Men esa buyruqlaring haqida fikr yuritaman.
79 Men tomon kelsin Sendan qoʻrqqanlar,
Sening shartlaringni biladiganlar.
80 Farmonlaringni bitta qolmay bajaray,
Toki men sharmanda boʻlib qolmay.

81 Najotingni kutib, jonim ado boʻlmoqda,
Sening kalomingdan umid qilmoqdaman.
82 Vaʼdalaringni kutib, koʻzimning nuri soʻnadi,
“Qachon menga tasalli berasan?” deya soʻrayman.
83 Tutunda qorayib, bujmaygan meshday boʻlsam ham,
Sening farmonlaringni men unutmaganman.
84 Qachongacha men, quling, kutishim kerak?
Meni taʼqib qiluvchilarni qachon hukm qilasan?
85 Takabburlar menga chuqur qazirlar,
Sening qonuningga ular qarshi chiqarlar.
86 Hamma amrlaring umidbaxshdir.
Meni sababsiz taʼqib etarlar, yordam ber!
87 Ular meni yer yuzidan yoʻq qilay, dedi,
Ammo buyruqlaringni men tark etmadim.
88 Sodiq sevging haqi saqla hayotimni,
Toki ogʻzingdan chiqqan shartlarga rioya qilay.

89 Kaloming, ey Egam, to abaddir,
U samolarda mustahkam turadi.
90 Sening sadoqating nasllar osha davom etadi,
Yerni barqaror qilgansan, u to abad turaveradi.
91 Qoidalaring tufayli
Yeru osmon bugun ham mustahkamdir,
Butun olam qoʻling ostidadir.
92 Agar qonuning men uchun lazzat boʻlmasaydi,
Tortgan gʻamu kulfatlarimdan tamom boʻlardim.
93 Men buyruqlaringni hech qachon unutmayman,
Bular orqali Sen hayotimni saqlagansan.
94 Men Senikidirman, meni qutqargin,
Zotan, men buyruqlaringni bajarishga intilganman.
95 Fosiqlar meni oʻldirishga payt poylaydi,
Men esa shartlaring haqida chuqur fikr yuritaman.
96 Jamiki komillikning cheklanganini koʻrdim,
Sening amrlaring esa chegarasizdir.

97 O, naqadar sevaman qonuningni!
Kun boʻyi xayolimda tutaman uni.
98 Amrlaring meni gʻanimlarimdan koʻproq dono qildi,
Amrlaring doimo men bilan birga.
99 Barcha ustozlarimdan ham ziyrakroq boʻldim,
Sening shartlaring ustida fikr yuritaman.
100 Yoshi ulugʻlardan ham donoroq boʻldim,
Chunki Sening buyruqlaringga itoat etaman.
101 Har qanday yomon yoʻldan qadamimni tiydim,
Toki Sening kalomingga itoat etay dedim.
102 Qoidalaringdan men qaytmadim,
Menga Oʻzing taʼlim bergansan.
103 Soʻzlaring men uchun naqadar mazalidir,
Asaldan ham shirin tuyular ogʻzimga.
104 Buyruqlaring tufayli men dono boʻlaman,
Har qanday yolgʻon yoʻldan nafratlanaman.

105 Sening kaloming qadamlarim uchun chiroqdir,
Yoʻlimga nur sochadigan yorugʻlikdir.
106 Adolatli qoidalaringni bajaraman, deb
Ont ichdim va bu ontimga vafo qilaman.
107 Ey Egam, men koʻp jafo chekdim,
Vaʼdangga koʻra, hayotimni saqla.
108 Ey Egam, maqtov nazrlarimni qabul etgin,
Menga qoidalaringni oʻrgatgin.
109 Hayotim har on xavfda boʻlsa ham,
Sening qonuningni men unutmayman.
110 Fosiqlar menga tuzoq qoʻydilar,
Shunda ham buyruqlaringdan ogʻib ketmadim.
111 Sening shartlaring to abad mening mulkimdir,
Shartlaring qalbimning quvonchidir.
112 Farmonlaringni to abad ijro etmoqqa
Yuragimni moyil qildim.

113 Ikkiyuzlamachilardan men nafratlanaman,
Sening qonuningni sevaman.
114 Sen mening panohimsan, qalqonimsan,
Sening kalomingga umid bogʻlayman.
115 “Ey badkirdorlar, yoʻqoling koʻz oldimdan,
Men Xudoyimning amrlarini bajaray”, deb aytaman.
116 Vaʼdangga koʻra, menga tayanch boʻl, toki yashayin,
Umidim puchga chiqmasin, sharmanda boʻlmayin.
117 Suyanchiq boʻl menga, toki najot topayin,
Farmonlaringga doim diqqat bilan boqayin.
118 Farmonlaringdan toyganlarni rad etding,
Ularning hiylayu nayranglari behudadir.
119 Yer yuzidagi jamiki fosiqlarni
Axlatday uloqtirib tashlaysan,
Shu bois men shartlaringni sevaman.
120 Sendan qoʻrqqanimdan vujudim titraydi,
Hukmlaringdan meni vahima bosadi.

121 Adolatli, toʻgʻri ishlar qilganman,
Meni zolimlar qoʻlida qoldirma.
122 Men, qulingning baxtiga kafolat bergin,
Takabburlar meni ezishlariga yoʻl qoʻymagin.
123 Najotingni kutaverib, koʻzim toʻrt boʻldi,
Vaʼda qilgan najoting armonida koʻzim nuri toʻkildi.
124 Men, Oʻz qulingga sodiq sevgingni koʻrsatgin,
Farmonlaringni menga oʻrgatgin.
125 Sening qulingman, menga idrok bergin,
Toki men shartlaringni bilib olayin.
126 Ey Egam, vaqti keldi, Oʻz ishingni qil,
Sening qonuning buzildi.
127 Chindan ham Sening amrlaringni
Oltindan, eng sof oltindan ham koʻproq sevaman.
128 Sening buyruqlaringga koʻra, qadam bosaman,
Har qanday yolgʻon yoʻldan nafratlanaman.

129 Sening shartlaring ajoyibdir,
Shu bois ularga itoat etaman.
130 Kalomingning taʼlimoti ziyo sochadi,
Soddalarga aql–idrok beradi.
131 Ogʻzim ochilib, ogʻir nafas olaman,
Chunki Sening amrlaringga juda intilaman.
132 Men tomon yuz bur, menga shafqat qilgin,
Axir, Seni sevganlarga doim shafqat koʻrsatasan.
133 Soʻzingga koʻra, qadamimni Oʻzing boshqargin,
Hech qachon ustimdan gunoh hukmron boʻlmasin.
134 Inson zulmidan meni qutqargin,
Toki Sening buyruqlaringga itoat etayin.
135 Jamoling menga nurlarini sochsin,
Farmonlaringni menga oʻrgatgin.
136 Koʻzlarimdan yoshlar daryo boʻlib quyilar,
Axir, odamlar qonuningga rioya qilmayapti.

137 Sen odilsan, ey Egam,
Hukmlaring adolatlidir.
138 Adolat ila shartlaringni buyurgansan,
Tamomila ishonchlidir shartlaring.
139 Gʻazabim meni ado qilmoqda,
Dushmanlarim kalomingni rad etmoqda.
140 Vaʼdalaring naqadar sofdir!
Men vaʼdalaringni naqadar sevaman!
141 Men keraksizman, xoʻrlanganman,
Buyruqlaringni unutmayman.
142 Sening adolating mangudir,
Sening qonuning haqiqatdir.
143 Boshimga kulfatu azob keldi,
Amrlaring menga zavq berar.
144 Shartlaring to abad adolatlidir,
Idrok bergin menga, toki yashayin.

145 Ey Egam, chin koʻngildan yolvoraman, javob ber,
Farmonlaringga rioya qilaman.
146 Senga faryod qilaman, meni qutqargin,
Toki shartlaringga men rioya qilay.
147 Kun chiqmasdan Sendan madad soʻrab faryod qilaman,
Sening kalomingga men umid bogʻlayman.
148 Sening vaʼdangni chuqur anglay deb,
Koʻzlarimga tun boʻyi uyqu kelmaydi.
149 Sodiq sevgingga koʻra, ovozimni eshitgin,
Ey Egam, adolating bilan hayotimni saqlagin.
150 Qabih reja tuzadiganlar yaqin kelmoqda,
Ular qonuningdan uzoqda yuradi.
151 Sen esa, ey Egam, yonimdasan,
Hamma amrlaring haqiqatdir.
152 Qonuningni Sen mangu barqaror qilgansan,
Yoshligimdan buni men bilaman.

153 Azoblarimga qaragin, meni qutqargin,
Axir, men Sening qonuningni unutmadim.
154 Mening daʼvoimni isbot qil, meni qutqar,
Vaʼdangga koʻra, hayotimni saqla.
155 Fosiqdan najot uzoqdadir,
Sening farmonlaringni ular izlamaslar.
156 Ey Egam, shafqating buyukdir,
Adolating bilan hayotimni saqla.
157 Meni taʼqib qiluvchi dushmanlarim koʻp,
Men shartlaringdan yuz oʻgirmayman.
158 Makkorlarga nafrat ila qarayman,
Ular Sening amrlaringga rioya qilmaydi.
159 Qaragin, naqadar sevaman buyruqlaringni,
Sodiq sevgingga koʻra, saqlagin hayotimni.
160 Kaloming mohiyati haqiqatdir,
Adolatli qoidalaring to abad davom etadi.

161 Hukmdorlar meni sababsiz taʼqib qilar,
Yuragim kalomingdan qoʻrqib titrab turar.
162 Xuddi ulkan xazina topgan odamday,
Sening soʻzingdan shod boʻlaman.
163 Yolgʻondan nafratlanib, jirkanaman,
Sening qonuningni esa sevaman.
164 Sening adolatli qoidalaring tufayli
Yetti marta kuniga Seni madh qilaman.
165 Qonuningni sevganlar buyuk tinchlikka ega boʻlar,
Hech narsa ularga toʻsiq boʻla olmaydi.
166 Ey Egam, men najotingga umid qilaman,
Men Sening amrlaringni bajaraman.
167 Shartlaringga itoat etaman,
Men ularni gʻoyatda sevaman.
168 Buyruq, shartlaringga rioya qilaman,
Hamma yoʻllarim Senga maʼlumdir.

169 Ey Egam, ohu nolam yetsin Senga,
Kalomingga koʻra, menga idrok bergin.
170 Iltijoim yetib borsin Senga,
Bergan vaʼdangga koʻra, meni qutqargin.
171 Lablarimdan hamdu sano toʻlib–toshsin,
Menga oʻrgatasan farmonlaringni.
172 Tilim kuylaydi Sening vaʼdangni,
Zotan, adolatlidir barcha amrlaring.
173 Menga yordamga tayyor turgin,
Zotan, tanlaganman men buyruqlaringni.
174 Ey Egam, najotingga talpinaman,
Sening qonuningdan lazzat topaman.
175 Umr ber menga, hamdu sano aytayin Senga,
Qoidalaring yordam bersin menga.
176 Adashgan qoʻyday yoʻldan ozganman,
Izlab top meni, Oʻz qulingni.
Zotan, men amrlaringni unutmaganman.
1 O give thanks unto the LORD; for he is good: because his mercy endureth for ever.
2 Let Israel now say, that his mercy endureth for ever.
3 Let the house of Aaron now say, that his mercy endureth for ever.
4 Let them now that fear the LORD say, that his mercy endureth for ever.
5 I called upon the LORD in distress: the LORD answered me, and set me in a large place.
6 The LORD is on my side; I will not fear: what can man do unto me?
7 The LORD taketh my part with them that help me: therefore shall I see my desire upon them that hate me.
8 It is better to trust in the LORD than to put confidence in man.
9 It is better to trust in the LORD than to put confidence in princes.
10 All nations compassed me about: but in the name of the LORD will I destroy them.
11 They compassed me about; yea, they compassed me about: but in the name of the LORD I will destroy them.
12 They compassed me about like bees; they are quenched as the fire of thorns: for in the name of the LORD I will destroy them.
13 Thou hast thrust sore at me that I might fall: but the LORD helped me.
14 The LORD is my strength and song, and is become my salvation.
15 The voice of rejoicing and salvation is in the tabernacles of the righteous: the right hand of the LORD doeth valiantly.
16 The right hand of the LORD is exalted: the right hand of the LORD doeth valiantly.
17 I shall not die, but live, and declare the works of the LORD.
18 The LORD hath chastened me sore: but he hath not given me over unto death.

19 Open to me the gates of righteousness: I will go into them, and I will praise the LORD:
20 This gate of the LORD, into which the righteous shall enter.
21 I will praise thee: for thou hast heard me, and art become my salvation.
22 The stone which the builders refused is become the head stone of the corner.
23 This is the LORD’s doing; it is marvellous in our eyes.
24 This is the day which the LORD hath made; we will rejoice and be glad in it.
25 Save now, I beseech thee, O LORD: O LORD, I beseech thee, send now prosperity.
26 Blessed be he that cometh in the name of the LORD: we have blessed you out of the house of the LORD.
27 God is the LORD, which hath shewed us light: bind the sacrifice with cords, even unto the horns of the altar.
28 Thou art my God, and I will praise thee: thou art my God, I will exalt thee.
29 O give thanks unto the LORD; for he is good: for his mercy endureth for ever.