113–SANO
1-2 Isroil xalqi Misrdan chiqib ketganda,
Yahudo yurti Xudoning muqaddas maskani boʻldi.
Ha, Yoqub nasli begona yurtdan ketganda,
Isroil yurti Xudoning shohligi boʻldi.

3 Dengiz Xudoni koʻrdi–yu, qochdi ,
Iordan daryosi orqaga qaytdi .
4 Togʻlar qoʻchqorlar kabi sakradi ,
Tepaliklar qoʻzilar kabi irgʻidi.

5 Ne boʻldi, ey dengiz, qochib ketding?
Ne boʻldi, ey Iordan, orqaga qaytding?
6 Ey togʻlar, nechun sakradingiz takalar kabi?
Ey tepaliklar, nechun irgʻidingiz qoʻzilar kabi?

7 Titragin, ey zamin, Rabbiy oldida,
Yoqubning Xudosi huzurida.
8 U qoyani suv hovuziga aylantirgan,
Qattiq qoyadan buloq chiqargan .

9 Ey Egam! Sodiq sevging, sadoqating haqi
Senga sharaflar boʻlsin!
Bizga emas, Senga sharaflar boʻlsin!

10 Nima uchun begona xalqlar:
“Qani ularning Xudosi”, deya aytarlar?
11 Bizning Xudoyimiz samolardadir,
U istaganini qilaveradi.
12 Xalqlarning xudolari esa kumush, oltindan,
Inson qoʻllarining mahsulidir.
13 Butlarning ogʻizlari bor, soʻzlay olmaslar,
Koʻzlari bor, koʻra olmaslar.
14 Ularning quloqlari bor, eshita olmaslar,
Burunlari bor, hidlay olmaslar.
15 Ularning qoʻllari bor, seza olmaslar,
Oyoqlari bor, yura olmaslar,
Boʻgʻizlaridan ovoz chiqara olmaslar.
16 Butlarni barpo qilganlar, butlarga ishonganlar
Xuddi ularga oʻxshagan boʻlib qolar.

17 Ey Isroil xalqi! Ishoning Egamizga,
U madad berar, qalqon boʻlar sizga!
18 Ey Horun xonadoni! Ishoning Egamizga,
U madad berar, qalqon boʻlar sizga!
19 Ey Egamizdan qoʻrqqanlar! Ishoning Egamizga,
U madad berar, qalqon boʻlar sizga!

20 Egamiz bizni yodda tutib, baraka beradi,
Isroil xalqiga U baraka beradi,
Horun xonadoniga U baraka beradi.
21 Egamiz Oʻzidan qoʻrqqanlarga baraka beradi,
Kattayu kichikka bir xilda baraka beradi.

22 Egamiz sizlarni,
Bolalaringizni koʻpaytirsin.
23 Yeru osmonni yaratgan Egamiz
Sizlarga baraka bersin.
24 Samolar Egamizning samolaridir,
Yerni esa U insonlarga bergandir.
25 Oʻlim sukunatiga botgan marhumlar
Egamizga hamdu sano aytmaslar.
26 Biz esa Egamizga hozir ham, abadulabad
Olqishlar aytamiz.

Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
1 Praise ye the LORD. Praise, O ye servants of the LORD, praise the name of the LORD.
2 Blessed be the name of the LORD from this time forth and for evermore.
3 From the rising of the sun unto the going down of the same the LORD’s name is to be praised.
4 The LORD is high above all nations, and his glory above the heavens.
5 Who is like unto the LORD our God, who dwelleth on high,
6 Who humbleth himself to behold the things that are in heaven, and in the earth!
7 He raiseth up the poor out of the dust, and lifteth the needy out of the dunghill;
8 That he may set him with princes, even with the princes of his people.
9 He maketh the barren woman to keep house, and to be a joyful mother of children. Praise ye the LORD.