To the chief Musician, to Jeduthun, A Psalm of Asaph.
1 I cried unto God with my voice, even unto God with my voice; and he gave ear unto me.
2 In the day of my trouble I sought the Lord: my sore ran in the night, and ceased not: my soul refused to be comforted.
3 I remembered God, and was troubled: I complained, and my spirit was overwhelmed. Selah.
4 Thou holdest mine eyes waking: I am so troubled that I cannot speak.
5 I have considered the days of old, the years of ancient times.
6 I call to remembrance my song in the night: I commune with mine own heart: and my spirit made diligent search.
7 Will the Lord cast off for ever? and will he be favourable no more?
8 Is his mercy clean gone for ever? doth his promise fail for evermore?
9 Hath God forgotten to be gracious? hath he in anger shut up his tender mercies? Selah.
10 And I said, This is my infirmity: but I will remember the years of the right hand of the most High.
11 I will remember the works of the LORD: surely I will remember thy wonders of old.
12 I will meditate also of all thy work, and talk of thy doings.
13 Thy way, O God, is in the sanctuary: who is so great a God as our God?
14 Thou art the God that doest wonders: thou hast declared thy strength among the people.
15 Thou hast with thine arm redeemed thy people, the sons of Jacob and Joseph. Selah.
16 The waters saw thee, O God, the waters saw thee; they were afraid: the depths also were troubled.
17 The clouds poured out water: the skies sent out a sound: thine arrows also went abroad.
18 The voice of thy thunder was in the heaven: the lightnings lightened the world: the earth trembled and shook.
19 Thy way is in the sea, and thy path in the great waters, and thy footsteps are not known.
20 Thou leddest thy people like a flock by the hand of Moses and Aaron.
77–SANO
Osif qasidasi .
1 Quloq soling, ey xalqim, oʻgitlarimga,
Quloq tuting ogʻzimdan chiqqan soʻzlarga.
2 Ogʻzimni ochaman masalga,
Oʻtmishning sirli saboqlarin oʻrgataman sizga.
3 Bularni aytgan edi ota–bobolarimiz,
Ulardan eshitganmiz, bilamiz.
4 Egamizning hamdga loyiq ishlarini,
Uning qudratini, U qilgan ajoyibotlarni
Biz yashirmay aytamiz ota–bobolarimiz nasliga,
Hikoya qilamiz bolalarimizga.
5 Yoqub nasliga U farmon berdi,
Isroilga qonun tayinladi.
Ota–bobolarimizga amr berib:
“Bolalaringizga oʻrgating”, dedi .
6 Toki kelajak nasllar bularni bilsin,
Bilsin hatto tugʻilmagan bolalar,
Oʻz navbatida bolalariga aytsin ular.
7 Bolalari ham umidini bogʻlasin Xudoga,
Xudoning ishlarini unutib qoʻymay,
Rioya etsin Uning amrlariga.
8 Toki ular ota–bobolariga oʻxshab,
Oʻjar, isyonkor nasl boʻlmasin.
Yuragida Xudoga sadoqati boʻlmagan,
Ruhan beqaror nasl boʻlmasin.
9 Oʻq–yoy bilan qurollangan Efrayim jangchilari
Jang kunida ortiga qaytdi .
10 Ular Xudoning ahdiga rioya qilmadilar,
Uning qonunlari boʻyicha yurishni rad etdilar.
11 Ular unutdilar Xudoning qilgan ishlarini,
Xudoning ularga koʻrsatgan moʻjizalarini.
12 Misr diyoridagi Zoʻvan tekisligida ,
Ularning ota–bobolari koʻz oʻngida
Xudo moʻjizalar koʻrsatgandi.
13 Dengizni yorib, oʻrtasidan ularni oʻtkazdi,
Suvlarni devor kabi tik qilib qoʻydi .
14 Kunduzi ularni bulut orqali yetakladi,
Tun boʻyi alanga yorugʻi orqali yetakladi .
15 U sahrodagi qoyalarni parchaladi,
Dengiz suviday moʻl suvni ularga berdi.
16 Qoyadan irmoqlarni chiqardi,
Suvlarni daryolarday oqizdi .
17 Ular sahroda Xudoyi Taologa qarshi isyon koʻtarib,
Unga qarshi gunoh qilaverdilar.
18 Ular ataylab Xudoni sinadilar ,
Koʻngli tusagan ovqatni talab qildilar.
19 Ular Xudoga qarshi soʻzlab, dedilar:
“Sahroda Xudo bizga dasturxon yoza olarmidi?!
20 Mana, U qoyaga urganda, suv daryo–daryo boʻlib oqdi,
Irmoqlar toʻlib–toshdi.
Endi U Oʻz xalqiga non bera olarmikan?
Xalqini goʻsht bilan taʼminlay olarmikan?”
21 Egamiz ularning gapini eshitib,
Qattiq gʻazabga mindi.
Yoqub nasliga qarshi gʻazab alangasini purkadi,
Ha, Isroil nasliga qarshi qahrini sochdi .
22 Ular Xudoga ishonmadilar,
Uning najotiga tayanmadilar.
23 Xudo samolardan turib amr berdi,
Osmon qopqalarini ochib yubordi.
24 Ular yesin deb, manna yogʻdirdi,
Osmonning donini ularga berdi.
25 Odamzod farishtalar nonidan yedi,
Xudo ularga moʻl–koʻl taom yubordi.
26 U samolardan sharq shamolini estirdi,
Qudrati bilan janub shamoliga yoʻl koʻrsatdi.
27 U changday moʻl qilib, xalqiga goʻsht yogʻdirdi,
Ha, dengizdagi qumday moʻl qilib qushlar yogʻdirdi.
28 Bularni ularning qarorgohiga yogʻdirdi,
Ularning chodirlari atrofiga tushirdi.
29 Ular toʻygunlaricha yedilar,
Xudo ularga koʻngillari tusaganini berdi.
30 Biroq hali koʻngli tusaganiga toʻymagan,
Luqmalari hali ularning ogʻizlarida ekan,
31 Xudo gʻazabini ularga sochdi,
Ularning kuchlilarini oʻldirdi,
Isroilning gulday yigitlarini yer tishlatdi .
32 Shularga qaramay, ular gunoh qilaverdilar,
Xudoning moʻjizalariga ishonmadilar.
33 Xudo ularning kunlarini bir nafasday bitirdi,
Ularni vahimaga solib, umrlarini barbod qildi.
34 Baʼzilarini Xudo oʻldirdi,
Shundagina qolganlari Unga intildi,
Tavba qilib, yana Xudoga qaytdi.
35 Ular shunday deb esladilar:
“Ha, Xudo suyangan qoyamiz,
Bizning qutqaruvchimiz Xudoyi Taolo.”
36 Ammo Xudoga xushomad qilardilar,
Unga tillari bilan yolgʻon soʻzlashardi.
37 Yuraklarida esa Xudoga sodiq emas edilar,
Uning ahdiga bevafolik qildilar.
38 Xudo–chi, shafqat qildi,
Kechirdi ularning gunohlarini,
Qirib tashlamadi ularni.
Koʻpincha U gʻazabini bosdi,
Butun gʻazabini sochmadi.
39 Xudo esladi: “Ular shunchaki bandalardir,
Esib, boshqa qaytib kelmas shamoldir.”
40 Sahroda Xudoga qanchalar koʻp isyon qildilar!
Dashtu biyobonda Uni xafa qildilar.
41 Xudoni ular takror–takror sinadilar,
Isroil xalqining Muqaddas Xudosini ranjitdilar.
42 Ular Xudoning qudratini,
Ularni dushmandan qutqargan kunni esdan chiqardilar.
43 Xudo Misrda koʻrsatgan moʻjizalarni,
Ha, Zoʻvan tekisligida koʻrsatgan ajoyibotlarni unutdilar.
44 Misrdagi daryolarni Xudo qonga aylantirdi,
Misrliklar irmoqlardan suv icholmay qoldi.
45 Ularni yeb bitirsin deya, pashshalar galasini yubordi,
Yurtni vayron qilsin deya, qurbaqalar yubordi.
46 Ularning hosilini Xudo chigirtkalarga yem qildi,
Ularning mehnati mahsulini chigirtkalarga berdi.
47 Uzumzorlarini doʻl bilan yakson qildi,
Shikamora–anjir daraxtlarini jalada nobud etdi.
48 Ularning chorvasini doʻlga duchor qildi,
Ularning podasini yashin alangasiga berdi.
49 Kulfat elchilarini yuborganday
Xudo ularga alangali gʻazabini, qahrini,
Nafratini hamda musibatni sochdi.
50 U Misrdan gʻazabini qaytarmadi,
Ularning jonlariga shafqat qilmadi,
Ularni vaboga duchor qildi.
51 Misrning hamma toʻngʻich oʻgʻillarini nobud qildi ,
Ha, Xom avlodining faxri,
Qut–baraka timsolini yoʻq qildi.
52 Oʻz xalqini esa Xudo qoʻyday yetaklab chiqdi,
Ularni sahro boʻylab suruvday boshlab bordi.
53 Egamiz eson–omon boshlab bordi,
Ular qoʻrqmadilar,
Ularning gʻanimlarini esa dengiz yutdi.
54 Egamiz xalqini Oʻz muqaddas yurtiga,
Oʻz kuchi bilan qoʻlga kiritgan toqqa olib keldi.
55 Oʻz xalqining oldidan boshqa xalqlarni quvdi,
Ularning yurtini mulk qilib boʻlib berdi,
Isroil qabilalarini ularning chodirlarida oʻrnashtirdi.
56 Ular hamon Xudoyi Taoloni sinardilar,
Unga qarshi isyon koʻtarib, farmonlariga boʻysunmadilar.
57 Otalari kabi bevafolik qilib, xoinlik qildilar,
Yaroqsiz kamonga oʻxshab ishonchsiz chiqdilar.
58 Sajdagohlari bilan ular Xudoni gʻazablantirdilar,
Butlari bilan Uning rashkini qoʻzgʻatdilar.
59 Bularni eshitganda Xudo, gʻazabga mindi,
Shundan soʻng Isroilni tamom rad etdi.
60 U Shiloʻdagi Oʻz maskanini,
Insonlar orasida tikkan Chodirini tark etdi.
61 Dushmanga asir qilib berdi Ahd sandigʻini,
Oʻzining qudratiyu shuhrati ramzini .
62 Oʻz xalqini U qilichga roʻpara qildi,
Gʻazabini tanlagan xalqiga sochdi.
63 Yigitlarini alanga yamlamay yutdi,
Qizlari nikoh qoʻshiqlarini aytolmay qoldi.
64 Ruhoniylari qilich tigʻidan yiqildi,
Ruhoniylarning bevalari aza tutolmay qoldi.
65 Shunda Rabbiy qoʻzgʻaldi uyqudan uygʻonganday,
Sharobdan hayqirayotgan bahodirday.
66 Dushmanlarini U tirqiratib quvdi,
Ularni abadiy sharmandalikka duchor qildi.
67 Yusuf naslini Xudo rad etdi,
Efrayim qabilasini tanlamadi.
68 Uning oʻrniga Yahudo qabilasini ,
Oʻzi sevgan Sion togʻini tanladi .
69 Abadiy oʻrnatgan yer kurrasi kabi,
Samolar kabi, Oʻz muqaddas maskanini qurdi.
70 Xudo Oʻz quli Dovudni tanlab oldi,
Qoʻy qoʻrasidan uni chaqirib oldi.
71 U Dovudni sovliq qoʻy, qoʻzilarga choʻponlikdan oldi.
Oʻzining xalqi Isroilga,
Yoqub nasliga choʻpon qilib tayinladi.
72 Dovud ularga halollik bilan choʻponlik qildi,
Mohirlik bilan ularni yetaklab bordi.