To the chief Musician on Neginoth, A Psalm or Song.
1 God be merciful unto us, and bless us; and cause his face to shine upon us; Selah.
2 That thy way may be known upon earth, thy saving health among all nations.
3 Let the people praise thee, O God; let all the people praise thee.
4 O let the nations be glad and sing for joy: for thou shalt judge the people righteously, and govern the nations upon earth. Selah.
5 Let the people praise thee, O God; let all the people praise thee.
6 Then shall the earth yield her increase; and God, even our own God, shall bless us.
7 God shall bless us; and all the ends of the earth shall fear him.
67–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Qoʻshiq.
2 Qoʻzgʻalsin Xudo, tarqalib ketsin dushmanlari,
Oldidan qochib ketsin Undan nafratlanganlar.
3 Tutunni shamol tarqatgani kabi,
Xudo ularni haydab yuborsin.
Mum olovda erigani kabi,
Xudo oldida fosiq halok boʻlsin.
4 Solihlar esa xursand boʻlsin,
Xudo oldida shod boʻlsin,
Ular xursandlikka toʻlib–toshsin.

5 Xudoga hamdu sanolar kuylang,
Uning nomini tarannum eting.
U bulutlarni minib boradi,
Uni ulugʻlang.
U Egamizdir!
Huzurida shodlaning!
6 U Xudodir, makoni muqaddasdir,
Yetimlarning otasi, bevalar himoyachisidir.
7 Xudo yolgʻizlarni xonadonga joylashtiradi,
Asirlarni rohatga, erkinlikka olib chiqadi,
Isyonkorlar esa qaqragan yerga ega boʻladi.

8 Ey Xudo, Oʻz xalqingning oldida borganingda,
Sahro boʻylab yurish qilganingda,
Zamin titradi, osmon yomgʻirini quydi.
9 Sening huzuringda, ey Sinay togʻining Xudosi ,
Sening oldingda, ey Isroil xalqining Xudosi,
Zamin titradi, osmon yomgʻirini quydi.
10 Sen, ey Xudo, moʻl yomgʻir berding,
Toliqqan yeringga qaytadan kuch ato etding.
11 Xalqing oʻsha yerda boshpana topdi,
Ey Xudo, himmatingdan muhtojlarni bahramand qilding.

12 Rabbiydan amr keladi,
Ayollarning katta jamoasi xushxabarni eltadi:
13 “Shohlaru lashkarlar shosha–pisha qochdi!”
Ha, Isroil ayollari chodirlarda oʻljani boʻlishib oladi!
14 Hatto uyda qolganlar uchun ham
Bordir kumush bilan qoplangan kaptar qanotlari,
Yaltiroq oltin bilan qoplangan kaptar patlari.
15 Qodir Xudo shohlarni toʻzgʻitganda,
Zalmon togʻiga qor yoqqanday boʻldi.

16 Ey Bashanning togʻi , ulugʻvor togʻ,
Ey choʻqqilari koʻp togʻ, Bashanning togʻi!
17 Ey choʻqqilari koʻp togʻ!
Xudo makon qilib tanlagan toqqa
Nega hasad bilan qaraysan?
Egamiz to abad u yerda istiqomat qiladi.

18 Xudoning jang aravalari son–sanoqsizdir,
Rabbiy Sinaydan muqaddas makoniga keladi.
19 Yuksaklarga chiqdi U,
Asirlarni ortidan ergashtirdi.
Xalqlardan hadyalar oldi,
Hatto gunohkor isyonchilardan ham tuhfalar oldi.
Axir, Parvardigor Egamiz u yerda yashaydi!

20 Rabbiyga olqishlar boʻlsin,
U har kuni ogʻirligimizni koʻtaradi.
Xudo bizning najotimizdir.
21 Xudoyimiz — najot berguvchi Xudo,
Egamiz Rabbiy oʻlimdan qutqaradi.

22 Xudo shubhasiz dushmanlar boshini yanchadi,
Gunoh yoʻlidan yurgan odamning
Bosh suyaklarini ham ezadi.
23 Rabbiy shunday deydi:
“Dushmanlaringni Bashandan qaytarib kelaman,
Ularni dengiz tubidan olib kelaman.
24 Oyogʻingni dushmanlaring qoniga botirasan,
Itlaring ham dushman qonini yalab,
Oʻz ulushini oladi.”

25 Ey Xudo, zafarli karvoning koʻrinmoqda!
Xudoyim, mening Shohim, Sening karvoning
Muqaddas makoningga borayotgani koʻrinmoqda!
26 Oldinda qoʻshiqchilar, orqada sozandalar,
Ularning oʻrtasida childirma chalgan qizlar kuylar:
27 “Olqishlar ayting Xudoga buyuk jamoa ichra,
Hamdu sanolar oʻqing Egamizga,
Ey Isroilning manbaidan paydo boʻlganlar!”
28 Ularning eng kichigi — Benyamin qabilasi oldinda keladi,
Ortidan toʻp boʻlib Yahudo shahzodalari keladi,
Zabulun, Naftali shahzodalari ularga ergashadi.

29 Ey Xudo, koʻrsatgin qudratingni!
Ey Xudo, avvalgiday namoyon qil kuchingni!
30 Quddusdagi Maʼbading haqi–hurmati
Shohlar Senga hadyalar keltiradi.
31 Misrga, qamishzor orasidagi oʻsha yovvoyi hayvonga tanbeh ber,
Xalqlarga, oʻsha buqalar podasiga, buzoqlariga tanbeh bergin.
Senga taʼzim qilib, kumushlarini nazr qilishsin.
Urushdan lazzatlanuvchi bu xalqlarni toʻzgʻitgin.
32 Misrdan bronza keltiriladi ,
Habashiston Senga qoʻllarin choʻzib, ey Xudo,
Oʻlpon toʻlashga shoshilib qoladi.

33-34 Xudoni tarannum eting, ey yer yuzi shohliklari,
Samolar — azaliy samolar uzra chiqqan,
Haybatli ovozi gulduragan
Rabbiyga hamdu sanolar kuylang.
35 Hammaga eʼlon qiling Xudoning qudratini,
Uning ulugʻvorligi Isroil ustidadir,
Uning qudrati samolardadir.
36 Xudo qoʻrqinchlidir Oʻzining muqaddas maskanida,
Isroil xalqining Xudosi kuch–qudrat berar Oʻz xalqiga.

Xudoga olqishlar boʻlsin!