1 Judge me, O God, and plead my cause against an ungodly nation: O deliver me from the deceitful and unjust man.
2 For thou art the God of my strength: why dost thou cast me off? why go I mourning because of the oppression of the enemy?
3 O send out thy light and thy truth: let them lead me; let them bring me unto thy holy hill, and to thy tabernacles.
4 Then will I go unto the altar of God, unto God my exceeding joy: yea, upon the harp will I praise thee, O God my God.
5 Why art thou cast down, O my soul? and why art thou disquieted within me? hope in God: for I shall yet praise him, who is the health of my countenance, and my God.
43–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Koʻrax naslining qasidasi .
2 Ey Xudo, oʻz quloqlarimiz ila eshitganmiz.
Qadimda, ota–bobolarimiz davrida
Qilgan ishlaringni ular bizga aytgan edi.
3 Oʻz qoʻling ila quvding begona xalqlarni,
Ularning yurtiga oʻtqazding otalarimizni.
Kulfatga solding begona xalqlarni,
Ozod qilding Sen otalarimizni .
4 Ular yurtni qilich ila olmadilar,
Oʻz qoʻllari bilan gʻalabaga erishmadilar.
Ular Sening oʻng qoʻling, qudrating,
Sening yuz nuring ila gʻolib boʻldilar.
Zero, Sen ulardan mamnun boʻlganding.

5 Sen Shohimsan, Xudoyimsan,
Amr ber, Yoqub nasli gʻolib boʻlsin.
6 Sen tufayli dushmanlarimizni yiqitamiz,
Noming ila gʻanimlarimizni ezamiz.
7 Ishonib qolmasman men oʻz yoyimga,
Qilichim gʻalaba keltirmas menga.
8 Gʻanimlarimiz ustidan bizni gʻolib qilding,
Bizdan nafratlanganlarni sharmanda qilding.
9 Ey Xudo, kun boʻyi Sen tufayli maqtandik,
To abad Senga shukronalar aytamiz.

10 Endi esa bizni rad qilib, sharmanda qilding,
Lashkarlarimizni boshlab bormayapsan.
11 Bizni dushmanlarimiz oldida chekintirding,
Gʻanimlarimiz bizni talon–taroj qildi.
12 Bizni qoʻylar kabi yemishga berding,
Xalqlar orasiga bizni yoyib yubording.
13 Xalqingni qora chaqaga sotib yubording,
Ularni sotishdan hech naf koʻrmading.

14 Qoʻshni xalqlar bizni masxara qiladi,
Sen yoʻl qoʻyib berding.
Atrofimizdagilar bizni haqoratlaydi,
Kulishlariga imkon berding.
15 Xalqlar orasida kulgi qilding bizni,
Xalqlar bizni masxaralab, chayqaydi boshini.
16 Har doim xijolat boʻlib yuraman,
Sharmandalik yuzimni qoplagan.
17 Eshitganimiz masxarayu haqorat!
Koʻrganimiz qasoskor dushman!

18 Garchi Seni unutmagan boʻlsak–da,
Garchi ahdingga xiyonat qilmasak–da,
Bu koʻrgiliklar boshimizga tushdi.
19 Biz Seni hech qachon tark etmadik,
Sening yoʻllaringdan hech qachon toymadik.
20 Ammo chiyaboʻrilar makoniga bizni tashlading,
Zimziyo zulmatga bizni uloqtirding.

21 Ey Xudoyimiz, axir, Sening nomingni unutsak,
Qoʻllarimizni begona xudolarga ochsak,
22 Ey Xudo, Sen buni bilmasmiding?!
Axir, Sen yurakdagi sirlarni bilasan–ku!
23 Sen tufayli har kuni oʻlimga duch kelamiz,
Boʻgʻizlanadigan qoʻyday boʻlib qolganmiz.

24 Tursang–chi, nega uxlayotgandaysan, yo Rabbiy?!
Qani, boʻl, bizni to abad rad etmagin.
25 Nega bizdan yuz oʻgirasan?!
Boshimizga tushgan kulfatu zulmni unutasan?!
26 Biz agʻnatilganmiz tuproqqa,
Tanamiz yopishib qolgandir yerga.
27 Qani, kel, bizga madad ber,
Sodiq sevging haqi bizni qutqar.