A Prayer of David.
1 Hear the right, O LORD, attend unto my cry, give ear unto my prayer, that goeth not out of feigned lips.
2 Let my sentence come forth from thy presence; let thine eyes behold the things that are equal.
3 Thou hast proved mine heart; thou hast visited me in the night; thou hast tried me, and shalt find nothing; I am purposed that my mouth shall not transgress.
4 Concerning the works of men, by the word of thy lips I have kept me from the paths of the destroyer.
5 Hold up my goings in thy paths, that my footsteps slip not.
6 I have called upon thee, for thou wilt hear me, O God: incline thine ear unto me, and hear my speech.
7 Shew thy marvellous lovingkindness, O thou that savest by thy right hand them which put their trust in thee from those that rise up against them .
8 Keep me as the apple of the eye, hide me under the shadow of thy wings,
9 From the wicked that oppress me, from my deadly enemies, who compass me about.
10 They are inclosed in their own fat: with their mouth they speak proudly.
11 They have now compassed us in our steps: they have set their eyes bowing down to the earth;
12 Like as a lion that is greedy of his prey, and as it were a young lion lurking in secret places.
13 Arise, O LORD, disappoint him, cast him down: deliver my soul from the wicked, which is thy sword:
14 From men which are thy hand, O LORD, from men of the world, which have their portion in this life, and whose belly thou fillest with thy hid treasure: they are full of children, and leave the rest of their substance to their babes.
15 As for me, I will behold thy face in righteousness: I shall be satisfied, when I awake, with thy likeness.
17–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Egamizning quli Dovud sanosi. Egamiz Dovudni jamiki dushmanlari va Shoulning qoʻlidan ozod qilgandan keyin Dovud Egamizga atab shu qoʻshiqni aytdi.
2 Seni sevaman, ey Egam, mening qudratim.
3 Egam suyangan qoyamdir , mening qalʼam, qutqaruvchimdir.
Ha, Xudodir mening qoyam, Unda panoh topaman.
Udir mening qalqonim, qudratli najotkorim , qoʻrgʻonim.
4 Egamga iltijo qilaman,
Gʻanimlarimdan U meni xalos qiladi.
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
5 Meni oʻlim toʻrlari chirmab olgandi,
Balo–qazo sellari dahshat ila bosib kelgandi.
6 Ha, oʻliklar diyorining toʻrlari meni oʻrab olgandi,
Oʻlim oʻz tuzogʻiga meni asir qilgandi.
7 Kulfatda qolganimda Egamga iltijo qildim,
Ha, nola qildim Xudoyimga.
U Maʼbadidan turib, ovozimni eshitdi,
Ohu nolam qulogʻiga yetib bordi.
8 Oʻsha zamon yer yuzi titrab, tebrandi,
Togʻlarning poydevori larzaga keldi,
Egam gʻoyat gʻazabga mingan edi.
9 Burnidan tutun buruqsab chiqardi,
Ogʻzidan otash pishqirardi,
Oldidan qip–qizil choʻgʻ yogʻilardi.
10 U koʻklarni yorib, pastga tushdi,
Oyoqlari ostida — qora bulut.
11 Egam bir karubga minib uchdi,
Yel qanotlari uzra uchib keldi.
12 Atrofini zulmat bilan oʻradi,
Quyuq, qora bulutlarni Oʻziga chayla qildi.
13 Ulkan nur Egamning oldidan chiqdi,
Doʻl va qip–qizil choʻgʻ qop–qora bulutlarni parchaladi.
14 Egamizning ovozi koʻklarda guldiradi,
Xudoyi Taoloning sadosi eshitildi .
15 Oʻqlarini otdi,
Chaqmoq chaqtirib, yovlarini tirqiratdi,
Ularni sarosimaga soldi.
16 Egamizning tahdidlaridan,
Uning qahrli nafasidan
Dengizning tubi koʻrinib qoldi,
Zamin poydevori yalangʻoch boʻlib qoldi.
17 Egam yuqoridan qoʻl uzatib, meni tutdi,
Bahaybat suvlardan meni chiqarib oldi.
18 Meni kuchli gʻanimlarim qoʻlidan,
Mendan nafratlangan yovlarimdan qutqardi,
Ular mendan kuchli edilar.
19 Qora kunimda ular menga hamla qildilar,
Ammo Egam menga tayanch boʻldi.
20 Meni bexavotir joyga chiqarib qoʻydi,
Mendan mamnun boʻlib, najot berdi.
21 Egam solihligim uchun meni mukofotlaydi,
Aybsizligim uchun meni taqdirlaydi.
22 Zero, men Egamning yoʻlidan yurdim,
Axloqsizlik qilmadim, Xudoyimdan yuz oʻgirmadim.
23 Uning hamma qonun–qoidalariga rioya qildim,
Farmonlarini chetga surib qoʻymadim.
24 Uning oldida benuqson boʻldim,
Gunoh qilishdan oʻzimni saqladim.
25 Shu sababli Egam meni pok deb bildi,
Solihligimga yarasha mukofot berdi.
26 Ey Egam! Senga sodiq boʻlganga Sen sodiq boʻlasan,
Yaxshi insondan yaxshiligingni ayamaysan,
27 Pok kishiga pokligingni koʻrsatasan,
Egrining ayyorligini oʻz boshiga solasan.
28 Ahli kamtarga esa najot berasan,
Dimogʻdorni yerga urasan.
29 Ey Egam Xudo! Chirogʻimni yoquvchi Oʻzingsan,
Zulmatni men uchun yorugʻlikka aylantirasan.
30 Ey Xudoyim! Senga suyanib lashkarni yoʻq qilaman,
Senga suyanib devorlardan oshib oʻtaman.
31 Xudoning yoʻli komildir,
Egamizning kalomi chin haqiqatdir,
Panoh izlab borganga U qalqondir.
32 Egamizdan boshqa Xudo kim ekan?!
Xudoyimizdan boʻlak suyanchiq Qoya bormikan?!
33 Meni qudratli qiluvchi Xudodir,
Yoʻlimni Oʻzi bexatar qiladi.
34 U oyoqlarimni kiyik oyogʻiday qiladi,
Choʻqqilar uzra meni bexatar yurgizadi.
35 Qoʻllarimni jang qilishga oʻrgatadi,
Barmoqlarim bronza yoyni buka oladi.
36 Ey Egam, Sen menga zafar qalqoningni bergansan,
Oʻng qoʻling menga tayanch boʻladi,
Madading esa meni yuksaltiradi.
37 Oyoqlarim uchun yoʻlimni keng qilgansan,
Oyoqlarim sira ogʻib ketmaydi.
38 Gʻanimlarimni quvlab, tutib oldim,
Ularni yoʻq qilmay ortga qaytmadim.
39 Shunday ezdimki ularni, tura olmadilar,
Oyoqlarim ostida choʻzilib qoldilar.
40 Sen menga quvvat berib, jangga yubording,
Menga qarshi otlangan yovni oldimda bosh egdirding.
41 Gʻanimlarimni mendan qochirding,
Mendan nafratlanganlarni men yoʻq qildim.
42 Ular madad soʻrab faryod qildilar,
Najotkorni esa topolmadilar,
Ey Egam, gʻanimlarim Senga yolvordilar,
Ammo Sen javob bermading.
43 Shamolning changiday ularni ezdim,
Yoʻldagi loydek sidirib tashladim.
44 Sen meni xalqning urush–janjalidan xalos etding.
Meni ellarga yoʻlboshchi qilding,
Oʻzim tanimagan elat menga qaram boʻldi.
45 Ovozimni eshitiboq quloq tutdi,
Yot ellar menga boʻyin egdi.
46 Yot ellar holsizlanib yiqildi,
Qaltirab manzilidan chiqib qochdi.
47 Egam barhayotdir! Suyangan Qoyamga olqishlar boʻlsin!
Najotkorim Xudo yuksalsin!
48 Qasdimni olgan Xudodir,
Xalqlarni menga U tobe qilgan,
49 Meni gʻanimlarimdan U qutqargan,
Bosqinchilardan meni ustun qilgan,
Meni zoʻravonlar qoʻlidan xalos etgan.
50 Shu bois, ey Egam, xalqlar ichra
Senga hamdlar aytaman!
Seni kuylab sano aytaman!
51 Egamiz Oʻz shohini ulugʻ zafarlarga erishtiradi,
Oʻzi tanlagan shoh Dovud va uning nasliga
To abad sodiq sevgisini koʻrsatadi.