A Psalm of David.
1 I will praise thee with my whole heart: before the gods will I sing praise unto thee.
2 I will worship toward thy holy temple, and praise thy name for thy lovingkindness and for thy truth: for thou hast magnified thy word above all thy name.
3 In the day when I cried thou answeredst me, and strengthenedst me with strength in my soul.
4 All the kings of the earth shall praise thee, O LORD, when they hear the words of thy mouth.
5 Yea, they shall sing in the ways of the LORD: for great is the glory of the LORD.
6 Though the LORD be high, yet hath he respect unto the lowly: but the proud he knoweth afar off.
7 Though I walk in the midst of trouble, thou wilt revive me: thou shalt stretch forth thine hand against the wrath of mine enemies, and thy right hand shall save me.
8 The LORD will perfect that which concerneth me: thy mercy, O LORD, endureth for ever: forsake not the works of thine own hands.
138–SANO
Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
1 Ey Egam, meni Oʻzing sinab koʻrib, bilgansan,
2 Qachon oʻtirib, qachon turishimni Oʻzing bilasan,
Oʻy–xayollarimni uzoqdan turib anglab olasan,
3 Yurishimni, yotishimni Sen tekshirasan,
Barcha yoʻllarim Senga oyday ravshandir.
4 Biron soʻz tilimga kelmasdan oldin,
Ey Egam, Sen hammasini bilasan.
5 Meni hamma tomondan oʻrab olgansan,
Qoʻllaringni ustimga qoʻygansan.
6 Donoliging men uchun juda ajoyibdir,
Shu qadar yuksakki, men anglay olmasman.
7 Sening Ruhingdan qochib, qayerga ham bora olaman?!
Sening huzuringdan qayerga ham keta olaman?!
8 Agar osmonga chiqsam, Sen oʻsha yerdasan!
Oʻliklar diyoriga tushsam ham, Sen oʻsha yerdasan!
9 Saharning qanotlarini olib parvoz qilsam,
Dengizning eng uzoq chetlariga oʻrnashsam,
10 Hatto u yerda ham qoʻllaring meni yetaklar,
Oʻng qoʻling meni quvvatlar.
11 Agarda: “Shubhasiz, meni zulmat qamrab oladi,
Atrofimda kunduz tunga aylanadi”, deb aytsam,
12 Hatto zulmat ham Sen uchun qorongʻi emas,
Tun kunduz kabi nur sochar,
Tunu kunduz Sen uchun birdir.
13 Ichki aʼzolarimni Sen yaratgansan,
Onamning qornida menga shakl bergansan.
14 Senga shukrona aytaman.
Axir, qanday ajoyib qilib yaratilganman!
Sening barcha ishlaring naqadar ajoyib,
Buni men juda yaxshi bilaman.
15 Men pinhon yaratilganimda,
Yerning tubida mahorat ila toʻqilganimda,
Suyaklarim Sendan yashirin emas edi.
16 Koʻzlaring koʻrgandi homila ekanimni.
Menga ajratilgan kunlar kelmasdan,
Hammasi kitobingga yozilgandi.
17 Sening niyatlaring, ey Xudo, menga qadrlidir,
Niyatlaringning son–sanogʻi naqadar koʻpdir.
18 Qumdan ham koʻp boʻlardi agar ularni sanaganimda,
Uygʻonganimda qarasam, hamon men bilan ekansan birga.
19 Ey Xudo, koshki fosiqni oʻldirsang edi,
Qonxoʻr mendan uzoqlashsa edi,
20 Sen haqingda ular fitna qiladilar,
Dushmanlaring Sening noming bilan yolgʻon qasam ichadilar.
21 Ey Egam! Sendan nafratlanganlardan men nafratlanmaymanmi?!
Senga qarshi isyon qilganlardan men jirkanmaymanmi?!
22 Ulardan butunlay nafratlanaman,
Ularni oʻzimning dushmanim deb bilaman.
23 Tekshirib koʻr meni, ey Xudo, yuragimni bil,
Sinab koʻr meni, tashvishlarimni bil.
24 Bilgin–chi, mening biron qabihligim bormikan?
Meni abadiy yoʻldan yetaklab borgin.