A Song of degrees.
1 Behold, bless ye the LORD, all ye servants of the LORD, which by night stand in the house of the LORD.
2 Lift up your hands in the sanctuary, and bless the LORD.
3 The LORD that made heaven and earth bless thee out of Zion.
134–SANO
1 Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Egamizning nomiga madhiyalar boʻlsin!
Hamdu sano ayting, ey Egamizning qullari,
2 Ey Egamizning uyida xizmat qiladiganlar,
Ey Egamiz uyining hovlisida xizmat qiladiganlar!
3 Egamizga hamdu sanolar boʻlsin,
U yaxshidir!
Tarannum eting Uni, bu yoqimlidir.
4 Egamiz Oʻzi uchun Yoqub naslini tanladi.
Ha, Oʻzimning xazinam deb, Isroil xalqini tanladi.
5 Ha, bilaman, Egamiz ulugʻdir,
Rabbimiz barcha xudolardan yuksakdir.
6 Osmonda ham, zaminda ham,
Dengizlarda, jamiki tubsiz suvlarda
Egamiz istaganini qiladi.
7 U yerning toʻrt tomonidan bulutlarni olib keladi,
Yomgʻir bilan birga chaqmoq yuboradi,
Omborlaridan shamol olib keladi.
8 Egamiz Misrning toʻngʻichlarini,
Inson hamda hayvonlarning birinchi tugʻilganlarini nobud qildi .
9 Firʼavn va uning hamma aʼyonlariga qarshi
Misrning orasiga Egamiz alomatu moʻjizalarni yubordi .
10 U koʻp ellar, xalqlarni qirgan,
Qudratli shohlarni boʻgʻizlagan.
11 Amor xalqining shohi Sixoʻnni, Bashan shohi Oʻgni hamda
Kanʼonning barcha shohlarini qirgan .
12 Ularning yerini Isroil xalqiga mulk qilib berdi.
13 Egamizning nomi to abad davom etar,
Egamizning shuhrati nasllar osha davom etar.
14 Egamiz Oʻz xalqiga adolat qiladi,
Oʻz qullariga rahm–shafqat qiladi.
15 Xalqlarning xudolari esa kumush, oltindan,
Inson qoʻllarining mahsulidir.
16 Butlarning ogʻizlari bor, soʻzlay olmaslar,
Koʻzlari bor, koʻra olmaslar.
17 Quloqlari bor ularning, eshita olmas,
Ular aslo nafas ololmas.
18 Butlarni barpo qilganlar, butlarga ishonganlar
Xuddi ularga oʻxshagan boʻlib qolar.
19 Ey Isroil xalqi, olqishlar ayting Egamizga!
Ey Horun xonadoni , madhiyalar ayting Egamizga!
20 Ey Levi xonadoni , olqishlar ayting Egamizga!
Ey Egamizdan qoʻrqqanlar, madhiyalar ayting Unga!
21 Quddusda istiqomat qiladigan Egamizga
Sionda olqishlar ayting!
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!