A Song or Psalm of David.
1 O God, my heart is fixed; I will sing and give praise, even with my glory.
2 Awake, psaltery and harp: I myself will awake early.
3 I will praise thee, O LORD, among the people: and I will sing praises unto thee among the nations.
4 For thy mercy is great above the heavens: and thy truth reacheth unto the clouds.
5 Be thou exalted, O God, above the heavens: and thy glory above all the earth;
6 That thy beloved may be delivered: save with thy right hand, and answer me.
7 God hath spoken in his holiness; I will rejoice, I will divide Shechem, and mete out the valley of Succoth.
8 Gilead is mine; Manasseh is mine; Ephraim also is the strength of mine head; Judah is my lawgiver;
9 Moab is my washpot; over Edom will I cast out my shoe; over Philistia will I triumph.
10 Who will bring me into the strong city? who will lead me into Edom?
11 Wilt not thou , O God, who hast cast us off? and wilt not thou, O God, go forth with our hosts?
12 Give us help from trouble: for vain is the help of man.
13 Through God we shall do valiantly: for he it is that shall tread down our enemies.
108–SANO
Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
1 Seni olqishlayman, ey Xudo,
Sukut saqlamagin.
2 Fosiq, yolgʻonchilar menga qarshi ogʻiz ochgan,
Yolgʻonchi tillar bilan menga qarshi gapirar.
3 Nafratga toʻla soʻzlarni ustimga yogʻdirarlar,
Sababsiz menga hujum qilarlar.
4 Menga ayb qoʻyarlar doʻstligimga javoban,
Ibodat qilaman hamon.
5 Yaxshilik evaziga menga yomonlik qaytararlar,
Doʻstligim evaziga menga adovat qilarlar.
6 Fosiqni ularga qarshi qoʻy,
Ularning oʻng tomonida ayblovchi tursin.
7 Sinalganda, ular aybdor boʻlsin,
Ularning ibodati gunoh deb hisoblansin.
8 Ularning umri qisqa boʻlsin,
Oʻrnini boshqasi olsin.
9 Yetim boʻlib qolsin bolalari,
Beva boʻlib qolsin xotinlari.
10 Bolalari kulbasidan ayrilib, darbadar boʻlsin,
Non izlab tilanchi boʻlsin.
11 Mol–holini sudxoʻrlar egallasin,
Mehnati samarasini begonalar tortib olsin.
12 Biron kimsa ularga shafqat qilmasin,
Ularning yetim bolalariga hech kim achinmasin.
13 Ularning nasl–nasabi qirilib ketsin,
Bir nasldan soʻng nomlari yoʻq boʻlsin.
14 Ey Egamiz! Otalari aybini esga olgin,
Onalarining gunohini hech qachon unutmagin.
15 Ey Egamiz, ularning gunohidan doim xabardor boʻlgin,
Oʻsha insonlarning xotirasini yer yuzidan oʻchirgin.
16 Axir, ular hech qachon shafqat qilishni oʻylamadi.
Muhtojlarni, umidsizlikka tushganlarni,
Kambagʻallarni taʼqib qildi, oʻldirdi.
17 Ular laʼnatlashni yaxshi koʻrardi,
Endi laʼnatlari oʻzlarining boshiga kelsin.
Duo qilishni yoqtirmasdi,
Endi duo ulardan uzoq boʻlsin .
18 Laʼnatni ular kiyimday kiyardi,
Ularning tanasiga laʼnat suv kabi kirardi,
Suyaklariga moy kabi singardi.
19 Ha, kiyim kiyganday, ular laʼnatga oʻranib olsin,
Laʼnatni har kuni belga taqadigan kamarday qilib olsin.
20 Ey Egam! Menga qarshi yomon gapiruvchilarga,
Meni ayblovchilarga Sendan ana shular mukofot boʻlsin.
21 Sen, ey Egam Rabbiy,
Oʻz noming haqi menga madad ber,
Ezgudir sodiq sevging, meni qutqar.
22 Men bir bechora, yoʻqsilman,
Ichimda yuragim yaralangandir.
23 Oqshomgi soyaday yoʻq boʻlib boryapman,
Chigirtkaday men uloqtirilganman.
24 Roʻza tutganimdan tizzalarimda darmon yoʻq,
Etim suyagimga yopishib qolgan.
25 Dushmanlarim haqoratining nishoniman,
Meni koʻrganlarida masxaralab, boshlarini chayqashar.
26 Ey Egam Xudo, menga madad bergin,
Sodiq sevging haqi meni xalos qilgin.
27 Buni Sening qoʻling qilganini dushmanlarim bilsin,
Ey Egam, menga najot bergan Sen ekaningni ular bilsin.
28 Mayli, ular meni laʼnatlasin,
Sen esa menga baraka berasan.
Ular hujum qilganda, sharmanda boʻlishsin,
Men — quling esa shod–xurram boʻlay.
29 Meni ayblovchilar badnomlikka burkansin,
Chopon kiyganday, sharmandalikka oʻransin.
30 Egamga cheksiz shukronalar aytaman,
Xaloyiq orasida Unga hamdu sano oʻqiyman.
31 Egamiz turar yoʻqsillarning oʻng tomonida,
Ularni oʻlimga mahkum etganlardan qutqarmoq uchun.