A Psalm of David.
1 I will sing of mercy and judgment: unto thee, O LORD, will I sing.
2 I will behave myself wisely in a perfect way. O when wilt thou come unto me? I will walk within my house with a perfect heart.
3 I will set no wicked thing before mine eyes: I hate the work of them that turn aside; it shall not cleave to me.
4 A froward heart shall depart from me: I will not know a wicked person .
5 Whoso privily slandereth his neighbour, him will I cut off: him that hath an high look and a proud heart will not I suffer.
6 Mine eyes shall be upon the faithful of the land, that they may dwell with me: he that walketh in a perfect way, he shall serve me.
7 He that worketh deceit shall not dwell within my house: he that telleth lies shall not tarry in my sight.
8 I will early destroy all the wicked of the land; that I may cut off all wicked doers from the city of the LORD.
101–SANO
1 Dard–alamga botganda, arzini Egamiz oldiga toʻkkan gʻaribning ibodati.
2 Eshitgin ibodatimni, ey Egam,
Yetib borsin Senga ohu nolam.
3 Kulfatda qolganimda mendan yuz oʻgirma,
Menga quloq tutgin.
Chaqirganimda menga tez javob bergin.
4 Umrim tutunday oʻtib ketdi,
Isitmadan butun tanam yonib ketyapti.
5 Yuragim qurigan oʻtday xazon boʻldi,
Biror narsa yeyishga istak yoʻqoldi.
6 Faryod qilib oh–nola chekaman,
Shu bois etim suyagimga yopishgan.
7 Dashtdagi qushga oʻxshayman,
Vayronadagi boyoʻgʻli kabidirman.
8 Bedor boʻlib yotaman,
Tomda yolgʻiz qolgan qushga oʻxshayman.
9 Gʻanimlarim doimo meni haqorat qiladi,
Meni masxaralovchilar
Ismimni laʼnat oʻqish uchun ishlatadi.
10 Kulni non kabi yemoqdaman,
Ichimligimga koʻz yoshlarimni qoʻshmoqdaman.
11 Sening qahru gʻazabing tufayli shunday qilyapman,
Axir, meni koʻtarib, bir yonga uloqtirding.
12 Oqshomgi koʻlankaga oʻxshaydi umrim,
Qurigan maysaday boʻlib qoldim.

13 Sen esa, ey Egam, to abad oʻtirasan taxtingda,
Nasllar osha Sening noming davom etar!
14 Qoʻzgʻalib, shafqat koʻrsatasan Quddusga ,
Unga marhamat koʻrsatish vaqti keldi,
Belgilangan vaqti–soati yetib keldi.
15 Uning toshlari ham Sening qullaring uchun qimmatbahodir,
Quddusning hatto tuprogʻiga ham mehribonlik qilamiz.

16 Xalqlar Egamizdan qoʻrqadi,
Uning shuhratidan yer yuzi shohlari titraydi.
17 Zero, Egamiz Quddusni barpo qiladi,
Oʻzining shuhrati ila zohir boʻladi.
18 Yoʻqsillarning ibodatiga U eʼtibor beradi,
Ularning iltijolarini rad etmaydi.

19 Hali tugʻilmagan xalq ham Egamizga hamdu sano aytsin,
Kelajak nasl uchun bu yozib qoʻyilsin:
20-21 Asirlarning nolasiga quloq solay deb,
Egamiz yuksakdagi muqaddas makonidan qaradi.
Oʻlimga mahkum boʻlganlarni qutqaray deb,
U osmondan zaminga nazar tashladi.
22 Shu bois Egamizning dongʻi Quddusda eʼlon qilinsin,
Unga Sionda hamdu sano aytilsin.
23 Egamizga birga sajda qilgani
Xalqlaru shohliklar yigʻiladi.

24 Hali yosh paytimda Egam meni zaif qildi,
Kunlarimni Uning Oʻzi qisqartirdi.
25 Unga faryod qildim: “Ey Xudoyim,
Yosh umrimni xazon qilmagin,
Barcha nasllar osha Sen doimo borsan.
26 Azalda zaminning poydevorini Sen qoʻygansan,
Samolarni Oʻz qoʻllaring ila yaratgansan.
27 Ular yoʻq boʻlib ketar, Sen turaverasan,
Yeru osmon kiyim kabi eskirib ketadi,
Toʻzib ketgan kiyimday ularni almashtirasan,
Hammasini tashlab yuborasan.
28 Sen esa hech oʻzgarmassan,
Sen to abad yashaysan.
29 Qullaringning farzandlari xavfsiz yashar,
Ularning nasli Sening huzuringda barqaror boʻlar.”